16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:00
Jamiyat 👁 355

Jinoyatchilik profilaktikasini yanada kuchaytirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Jinoyatchilik profilaktikasini yanada kuchaytirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishiga, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda.

 10-mart kuni tuman hokimligining majlislar zalida joriy yilning shu davrigacha boʻlgan vaqt oraligʻida sodir etilgan jinoyatlar, ularni keltirib chiqargan omillarni tahlil qilish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aytboy Temirxanov, vazir oʻrinbosari Oʻmirboy Turdibayev, tuman bosh prokurori Javlon Muftullayev, tuman hokimi oʻrinbosari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, tuman Ichki ishlar boshligʻining birinchi oʻrinbosari podpolkovnik Otabek Masharipov, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odilbek Ashirbayev, tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari Aziz Qurboniyozovlar qatnashdilar. Qolaversa korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, masʼul kotiblari, mutaxassislari hamda profilaktika inspektorlari yordamchilari ham ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev kirish soʻzi bilan ochdi hamda olib bordi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aytboy Temirxanovning axboroti tinglandi.

Axborotda taʼkidlanganidek, davlatimizda xar bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, jinoyatning oldini olish boʻyicha davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda profilaktik ishlarni amalga oshirishning yangi tizimi yaratilganligi natijasida soʻnggi 3-yilda mamlakatimizda jinoyatchilikni keksin kamaytirishga erishildi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2019-yilda sodir etilgan jinoyatlar 98 taga, yaʼni 4,98 foizga, shuningdek, tumanimizda esa bu koʻrsatkich 19,4 foizga, yaʼni 124 tadan 100 taga kamayishiga erishildi.

Yigʻilish davomida, shuningdek, 2020-yilning 2 oy 10 kuni davomida tuman hududida jami jinoyatlar soni, ayniqsa, xotin-qizlarning jinoyat sodir etish holatlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan koʻpayganligi tanqid hamda tahlil qilindi. Bu borada yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar aniqlanib, tegishli xulosalar chiqarildi.  

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazir oʻrinbosari Oʻmirbek Turdiboyev masala yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi. U oʻz soʻzida jinoyatlarning oldini olish, ularning soni oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun profilaktika inspektorlari mahalla raisi bilan birgalikda har kuni Ichki ishlar boʻlimi va Tibbiyot birlashmasida hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borish, ularning yaqinlari bilan alohida muloqotlar oʻtkazish ishlari jonlantirilsa, jinoyat sodir etilishi kamayishiga erishilishini taʼkidladi.

Tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, Namuna mahalla fuqarolar yigʻini raisi Koʻklan Yusupov, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirovlar ushbu masalalar yuzasidan oʻz munosabatlarini va takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish, aholining huquqiy ongini oshirish borasida targʻibotni yanada kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi hamda fuqarolar yigʻinlarida yoshlar bilan ishlash holatini yaxshilash, ularning bandligini taʼminlashni yoʻlga qoʻyish, kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish lozimligini taʼkidladi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan berilgan axborot va bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Charos Arslonova,

tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026