“AJOYIB MATEMATIKA” TADBIRI MATEMATIKAGA DOIR BILIMLARNI YaNADA BOYITDI
Tumanimizdagi barça umumiy örta taʼlim maktablaridan bölganidek, 14-sonli maktabda ham fevral aniq fanlar oyligi deb belgilanganligiga muvofiq turli tadbirlar taşkillaştirildi. Oylik doirasida oçiq öquv maşğulotlari, körgazmalar, turli bellaşuvlar va boşqa tadbirlar ötkazildi.
Öqituvçilarning öz faniga ijodiy yondaşuvi, interfaol usullarni qöllay olişi va dars maşğulotlarini öquvçilar uçun qiziqarli tarzda olib bora olişi jiddiy sinovlardan ötkaziladigan, öquvçilarning kundalik maşğulotlarni qay darajada egallayotganini körsatadigan oylik doirasidagi tadbirlarda maktabdagi barça sinflar qamrab olindi. Fan öqituvçilari tomonidan taşkil etilgan tadbirlar va bellaşuvlarda, oçiq öquv maşğulotlarida öquvçilarning faol iştiroki taʼminlanib, fanga bölgan qiziqişlari yanada oşirildi.
14-sonli maktabda mazkur fan oyligi munosabati bilan aniq fanlar öqituvçilari Alibek Bekmurodov, Şavkat Madatovlar rahbarligida taşkil etilgan tadbir esa “Ajoyib matematika” deb nomlandi.
Tadbir matematika fanini örganişning ahamiyati haqida maʼruza bilan boşlandi. Aynan aniq fanlarga ixlos qöygan yuqori sinflar öquvçilari orasidagi bellaşuvga qizğin tayyorgarlik körilgani jarayonda yaqqol namoyon böldi. Bunda ular Al Beruniy va Al Xorazmiy nomli guruhlarga bölinib, matematika va informatika fanlaridan olgan bilimlari böyiça özaro kuç sinaşdilar.
Jamoalar birinçi şartga köra sahnada jamoasi nomini şarhlab berdilar va bellaşuvga çiqişdagi maqsadlarini ifodalab, özlarini taniştirdilar. Ikkinçi şart “Aqlli bölsang, ğolib böl” deb nomlandi. Bu şart asosida ikkala jamoa ham maktab öqituvçilari, öquvçilari va ota-onalar köz oldida ğolib bölişga, matematika bilimdoni ekanligini isbotlaşga zör kuç bilan intildilar. Bunda öquvçilar tafakkurini sinaydigan rasmlar qöyilib, farqlarini topiş topşirildi.
Berilgan harflardan boşlanuvçi matematik terminlar yoziş böyiça ötkazilgan uçinçi şart ham qiziqarli va hayajonli böldi. Tezkorlik va topqirlik talab qilinuvçi bu şartni öquvçilar aʼlo darajada ado etdilar. Har ikkala jamoa aʼzolari matematik terminlarni köproq öylab topişga urinib, bir-biridan ortda qolmaslikka harakat qildilar.
Odatda maktabdagi dars maşğulotlarida aynan bir mavzu yuzasidan öquvçilarga darslik doirasida bilim beriladi. Agar öqituvçi ijodiy izlanib, ixtisosligiga doir qöllanmalarni, yangiliklarni öqib borsa, bolalarga ham mavzu yuzasidan kengroq tuşunça, köproq maʼlumotlar bera oladi. Bunday bilimlar turli bellaşuvlarda öz samarasini körsatadi.
Aynan mazkur tadbirdagi şartlarning barçasida, ayniqsa, geometrik figuralar yasaşda öquvçilarning aniq fanlar yuzasidan çuqur bilim olayotganliklari ayon böldi.
Buni bellaşuvni xolis baholab borgan hakamlar ham alohida taʼkidlab ötişdi.
“Ajoyib matematika!” Tadbir nomi bunday nomlangani ham bejiz emas. Darhaqiqat, bu bellaşuv ham ajoyib, qiziqarli va hayajonlarga boy böldi. Şu bilan birga nafaqat bellaşuv qatnaşçilarining, balki boşqa öquvçilarning ham matematikaga doir bilimlarni yanada boyitdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶