Ayol – hayot bahori
Bahor – barça qalblarda ajib bir iliqlik uyğotadi. Bahor yakinlaşgan sayin butun vujudimizni nafis his-tuyğular çulğab oladi. Uyğoniş fasli – bahorning ilk kunlaridanoq munis va möʼtabar onalarimizning, vafo va ibo timsoli bölmiş qizlarning bayrami – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nişonlanadi.
Ayol borki, olam munavvar, mehr-muhabbatga töla. Şu örinda Birinçi Prezidentimizning munis onalarimiz xaqida aytgan sözlarini keltirib ötmoqçiman: “Oilani xam, jamiyatimizni ham birlaştirib, fayz-u barokat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar xam aslida möʼtabar onalarimiz, ayollarimiz, munis opa-singillarimizdir. Biz ayol timsolida, avvalo, Yaratganning buyuk möʼjizasi bölmiş muqaddas ona siymosini köramiz va barçamizni dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq taragan bu uluğ zotning oldida umrbod qarzdorlik hissi bilan yaşaymiz”, – degan edilar.
Xaqiqatdan ham xozirgi kunda ayollarimizni barça jabhalarda uçratişimiz mumkin. Ular nafaqat oilaning, balki jamiyatimizning ham gullab-yaşnaşiga, rivojlanişiga öz hissalarini qöşmoqdalar. Onalarimiz xar tomonlama soğlom farzandlarni dunyoga keltirib, yurtimizning kelajagi bölgan barkamol avlodni tarbiyalamoqdalar. Ular uluğ ajdodlarimizning izdoşlarini, yurtimizning nurli kelajagini kamolga yetkazmokdalar.
Bizning eng yaqin sirdoşimiz ham, maslahatgöyimiz ham onaizorimizdir. Heç bir zot bizga onamizçalik mehribon, jonkuyar böla olmaydi. Biz bunday iliqlikni faqatgina onalarimizdan tuyişimiz mumkin. Zero, ona qalbi eng olijanob hakam, eng yaxşi döst va alangasi intilişlarimizning muqaddas majmuasini isitadigan muhabbat quyoşidir.
Onalarimizni har qança taʼriflamaylik, baribir kamlik qilaveradi. Barça buyuk zotlarimiz ham onalarni madh etib, qançadan-kança şeʼrlar, ğazallar bitişgan, ularning nomini köklarga kötarişgan.
Ayol – hayot bahori. U olib kelgan bahor har qanday yuraklardan butun umr joy oladigan, xonadonlarga fayz-baraka kiritib, el-yurtga va kelajakka tamal toşi qöyadigan boqiy fasldir. Şuning uçun ham bu bahorni avaylab-asraymiz. Şu sababli qayerda bölsak-da, xayotimiz bahori doimo qalbimizda muhrlangan.
Yurtimizdagi barça onalarimizni va opa-singillarimizni qutluğ ayyom – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan çin qalbimdan muborakbod etaman, hamişa soğ-salomat böling.
Dildor KARIMBOYeVA, 50-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶