NURONIY ONAXONLARGA EHTIROM KOʻRSATILDI
Qutlugʻ sanalarda, hayit, bayramlarda bir-birovni yoʻqlash, holidan xabar olish, ayniqsa, keksa, nogironligi boʻlganlardan hol-ahvol soʻrash xalqimizning azaliy odatlaridandir.
Qipchoq ovulida ham uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilib, oʻgʻil-qizlarini el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalab, hozir nuroniy yoshga yetgan onaxonlar talaygina.
Shularning biri Yerakayeva Ortiqgul momodir. Yuzlaridan nur yogʻilib turadigan bu ayol hayotining 92 bahorini qarshi olayapti.
Bayram bahona qutlab, duosini olishga tashrif buyurgan Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari Zulfiya Matyoqubova, profilaktika inspektori Azamat Jiyanboyev, patronaj hamshirasi Zubayda Yusupova, Qipchoq ShFY profilaktika inspektori Maʼruf Toʻqliboyevlarni onaxon quvonib qarshi oldi. Ovuldoshlarining tez-tez yoʻqlab turishlaridan minnatdorligini bildirdi.
Masʼullar shu kuni ovulning nuroniy momolari – 91 yoshli Oyim Ahmedova, 88 yoshli Pardagul Yeshmurodovalarning ham xonadonlarida boʻlishib, bayram sovgʻalari ulashishdi. Shuningdek, Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan, nuroniy keksalar Farigʻa Samadova, Oʻgʻiljon Gʻoyibovalarning holidan ham xabar olib, sovgʻalar berishdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶