OTA-ONALAR MAMNUN BOʻLIShDI
Tumanimizdagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida 7-mart kuni 5-“G” sinf oʻquvchilari ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Jannatim onam” deb nomlangan adabiy-badiiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda ona haqida sheʼrlar oʻqilib, raqslar ijro etildi. “Ona mehri” deb nomlangan sahna koʻrinishi namoyish qilindi.
Ushbu tadbirni oʻtkazishda sinf rahbari Gulasal Xalillayevaning hissasi katta boʻldi. Tadbirda aʼlochi oʻquvchilardan Sevara Farhodova alla kuyladi, A.Ahmedov, S.Bidosheva, G.Otaboyeva, S.Oʻrozboyev, H.Baxtiyarovlar onalarni madh etuvchi sheʼrlar aytdilar. Ayniqsa, “Ona mehri” deb nomlangan sahna koʻrinishida rollar ijro etgan Sevara Farhodova, Sarvinoz Bidosheva, Dilshoda Fayzullayeva, Sunnatullo Oʻrozboyev, Rashid Oʻrozboyevlarning mahoratlaridan barcha mamnun boʻldilar va mazkur sahna koʻrinishi maroq bilan tomosha qildilar.
Qizlar ijrosidagi mashhur “Doʻppi tikdim” qoʻshigʻi asosida sahnalashtirilgan raqs oʻzining goʻzalligi, jozibadorligi bilan barchani maftun etdi.

Boʻlib oʻtgan bayram tadbirida oʻquvchilarning ota-onalari ham ishtirok etishib, farzandlari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlarini maroq bilan tomosha qildilar. Onani, Ayolni, hayotni va bahorni madh etuvchi sheʼrlarni tinglab, farzandlarining bu bayramona sovgʻalaridan mamnun boʻldilar.
Gulasal XALILLAYeVA,
30-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶