16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:19
Fan va taʼlim 👁 383

MAKTABDA ANIQ FANLAR USLUB BIRLAShMASI AʼZOLARI IShTIROKIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI

MAKTABDA ANIQ FANLAR USLUB BIRLAShMASI AʼZOLARI  IShTIROKIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya tizimini xalqaro andozalar darajasiga koʻtarish, yuqori sinf oʻquvchilarini qobiliyatlariga yarasha kasb-hunarga yoʻnaltirish, mavjud kasblar boʻyicha oʻquvchi-yoshlarga koʻnikmalar berish maqsadida oʻzlari qiziqqan kasblarni oʻzlashtirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgani taʼlim va tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumki, 11 yillik majburiy taʼlimga oʻtilishi  munosabati bilan xalqaro tajribani oʻrgangan  holda 2017-yilda 10-11-sinflar uchun yangi oʻquv rejasi ishlab chiqilib, oʻquv fanlari optimallashtirildi hamda yangi darsliklar chop etildi.

Oʻquvchilarni  kasb-hunarga oʻrgatish tizimining yangicha mexanizmi joriy etilib, oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida AKT sohasida dasturlovchilar, kompyuter dizayneri, kompyuter sozlash texnigi kabi kasblar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish choralari koʻrilayotgani oʻquvchi-yoshlarning ham aniq fanlar boʻyicha bilimini, ham kasbiy mahoratini oshirish imkonini bermoqda.

Bu kabi masalalar tumanimizdagi 70-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan aniq fanlar metod birlashmasi yigʻilishida atroflicha koʻrib chiqildi va yuqori sinf oʻquvchilarining bilimi hamda kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan vazifalar muhokama etildi. Yigʻilishda maktabning  matematika va informatika fani oʻqituvchisi Farhod Qodirov “Oʻquvchilar bilimini xalqaro baholashning PISA tizimi” xususida maʼruza qildi. Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarining  nafaqat umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirishlari, balki oʻz qiziqishlari doirasida mehnat bozori talablariga mos kasblar, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha dasturlovchilar, kompyuter ustalari, sozlovchilari, dizaynerlari kabi yoʻnalishlarni puxta oʻzlashtirishlari uchun har bir matematika va informatika fani  oʻqituvchisi masʼul ekanligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, matematika fani oʻqituvchisi Islom Karimov ushbu fan oyligi  doirasida 5-sinfda “Oʻnli kasrlarni qoʻshish va ayirish mavzusini mustahkamlash” mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Ochiq darsda oʻquvchilarga matematik amallarni puxta oʻzlashtirish kelajakda oʻzlari tanlagan kasblarda asqotishi atroflicha tushuntirildi. Xususan, mahobatli bino va inshootlar, temir yoʻllar, minoralar, daryolar ustiga quriladigan eng uzun koʻpriklar, moʻʼjizaviy osma yoʻllar, attraktsionlarning meʼmoriy yechimlari,  qoʻyingki, mashinasozlik, samolyotsozlik sohalaridagi muhandislik ishlarining barchasida aniq va puxta matematik hisob-kitoblar borligi misollar orqali koʻrsatib berildi. Oʻtilgan dars-mashgʻuloti yuzasidan berilgan qiziqarli savollar ham matematika fanining kundalik hayotdagi oʻrni xususida boʻldi. Oʻquvchilar bu borada aniq va puxta javob berib, darsda faollik koʻrsatishdi.

Koʻrgazmali qurollar vositasida hamda innovatsion gʻoyalar asosida tashkillashtirilgan ochiq darsni oʻquvchilar qay darajada oʻzlashtirganliklari oʻquvchilar bilimini  baholashning PISA tizimi talablariga muvofiq sinab koʻrildi. Dars yakunida mavzu yuzasidan berilgan savollarga oʻquvchilar tez va aniq javob berdilar.

Matematika fan oyligi doirasida aniq fanlar uslub birlashmasi aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur ochiq dars oʻqituvchilar mahoratini oshirib, oʻquvchilarning mavzuni puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026