26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 02:11
Jamiyat 👁 470

OʻZINI OʻZI MEHNAT BILAN BAND QILGAN FUQAROLAR UChUN VAQTINChALIK MEHNAT GUVOHNOMASI BERILADI

OʻZINI OʻZI MEHNAT BILAN BAND QILGAN FUQAROLAR UChUN VAQTINChALIK MEHNAT GUVOHNOMASI BERILADI

Mamlakatimiz fuqarolari oʻzlari xohlagan faoliyat turi bilan shugʻullanib, daromad topishlari va oilasini boqishlari, keksayganda yoshga doir, shuningdek, mehnat layoqatini yoʻqotganda nogironlik pensiyasini olishlari mumkin.

Odamlarimiz orasida shunday toifalari ham borki, biron korxona, idora, tashkilotda oʻziga qulay ish topa olmay, turli mavsumiy ishlarda ishlashadi yoki oilasida tomorqa, chorva bilan shugʻullanib daromad topadi. Biroq uning faoliyati hech qayerda qayd etilmaydi. Bu vaqt oʻtib keksalik nafaqasi yoshiga yetganida nafaqa tayinlash uchun talab qilinadigan mehnat staji yoʻqligi muammosini keltirib chiqaradi.

Hukumatimiz fuqarolarni bunday muammodan himoya qilish maqsadida 2019-yil 9-iyulda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Mazkur qarorda 2019-yilning 1-sentyabridan boshlab, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik  mehnat guvohnomalari, shunday  guvohnoma egalariga mehnat stajini hisobga olish va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilda  aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida” 2019-yil 5-martdagi 4227-sonli qarorini ijro etish yuzasidan va oʻzini oʻzi mehnat bilan band qilish hisobiga oʻzini mehnat daromadi bilan taʼminlaydigan shaxslarning mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan mazkur qarori mamlakatimizning turli mavsumiy ishlarda ishlaydigan fuqarolarining ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mehnat daromadi olishga yoʻnaltirilgan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, ishlarni  bajarish boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan fuqarolar oʻz oʻzini band qilgan fuqarolar hisoblanadi. Ularga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ularning yashash joyidan qatʼiy nazar, pulli asosda beriladi. Ushbu toʻlovlarni undirishdan tushgan tushumlarning bir qismi oʻzini oʻzi mehnat bilan band qilgan fuqarolarning pensiya sugʻurtasini taʼminlashga yoʻnaltiriladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan fuqaroning vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berilgan sanadan boshlab, amal qilishining butun davri mehnat  stajiga kiradi. Vaqtinchalik mehnat guvohnomasi ariza beruvchining xohishiga koʻra, jismoniy shaxsning murojaati asosida 1 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Mehnat guvohnomasining amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro yangi, vaqtinchalik mehnat  guvohnomasi olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin, bunda takroriy murojaatlar soni cheklanmagan.

Mehnat guvohnomasi berilganligi uchun toʻlov ariza beruvchi tomonidan ariza berilgan vaqtda biryoʻla toʻlanadi. Toʻlov miqdori vaqtinchalik mehnat guvohnomasi muddatiga qarab belgilanadi.

Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan  faoliyat turlariga uyda repetitorlik qilish, bolalarga qarab turish, bemorlar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar, uy xoʻjaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish boʻyicha uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish, uyda mebellarni taʼmirlash va yigʻish, murakkab boʻlmagan umumiy  qurilish, taʼmirlash-qurilish ishlari kabi koʻpgina xizmatlar kiradi.

Ana shunday faoliyat bilan band boʻlgan fuqarolar vaqtinchalik mehnat guvohnomasi olib, mehnat stajiga ega boʻlishlari mumkin.

Zokirjon XALILLAYeV, Byudjetdan tashqari

pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi, oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026