16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:19
Fan va taʼlim 👁 444

MAKTABDA ZULFIYaXONIM TAVALLUD KUNIGA BAGʻIShLAB TADBIR OʻTKAZILDI

MAKTABDA ZULFIYaXONIM TAVALLUD KUNIGA BAGʻIShLAB TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro  tinchlikni sheʼriyatida oʻziga xos mohirlik bilan kuylagan, sevgi, vafo, sadoqat kuychisi deb nom olgan Zulfiyaxonimning ijodi ham, hayoti ham barcha xalqlar ayol-qizlari uchun namuna boʻla oladi.

U 17 yoshida yozgan “Hayot varaqlari” nomli birinchi sheʼrlar toʻplami bilan oʻzbek adabiy muhitiga oʻziga xos salobat, iqtidor va oʻta kamtar oʻzbek ayoli sifatida kirib keldi. Shoiraning ilk kitobidan boshlab, keyinchalik nashr etilgan turli janrlardagi asarlarini oʻz  ichiga olgan barcha sheʼriy toʻplamlarini barcha sevib oʻqiydi, oʻrganadi.

Uning vafotidan beri qancha yillar oʻtsa-da, hamon “Baxtim shul, oʻzbekning Zulfiyasiman” deb oʻzining ashʼorlari ila koʻz oʻngimizda tobora yuksakroq boʻy tiklayveradi, oʻqiganimiz sayin oʻqigimiz, uning maʼnaviyat chashmasidan qonib ichgimiz kelaveradi.

Shu bois unga talpinish, uning xotirasini hurmat-ehtirom bilan esga olish – hayot tarzimizdan chuqur joy egallagan.

Tumanimizdagi 14-sonli maktabda ham Zulfiyaxonim tavallud topgan kun munosabati bilan “Vafo va sadoqat kuychisi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Dilfuza Gʻoyibova Zulfiya hayoti va ijodi haqida maʼruza qildi. U oʻz soʻzida Ikkinchi jahon urushi yillarida “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida” kabi toʻplamlaridan joy olgan sheʼrlari orqali turmush oʻrtogʻi, sevgan yori, farzandi urushga ketgan ayollarga ruhiy madad bergani, dunyo onalarini tinchlik uchun birlashishga chaqirganini misollar bilan tushuntirib berdi.

Zulfiya ijodidagi deyarli har bir asarda Hamid Olimjon obraziga bir ishora, uning ijodiy hayot yoʻlini davom ettirayotganidan faxrlanish hissi sezilib turishni alohida taʼkidladi.

Tadbir “Yosh tilshunos” toʻgaragi aʼzolarining Zulfiya sheʼrlarini ifodali oʻqishi bilan davom etdi. Shuningdek, maktab badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari ijrosida “Amudaryom” qoʻshigʻi bilan boshlanuvchi musiqiy dastur namoyish etildi. Qoʻshiq va raqslarni 8-sinf oʻquvchilari Javohir Madrahimov, Jondoʻst Jandeov, Gulbonu Pirmonovalar mahorat bilan ado etdilar.

Shuningdek, maktabning badiiy ijod bilan shugʻullanayotgan havaskor qizlari Gulmira Rustamboyeva, Sadoqat Bozorboyeva, Shahnoza Ibrohimova, Umida Ibrohimova, Gulruh Madrahimovalar shoira Zulfiyaxonimga izdosh boʻlishdek orzulari ifoda etilgan sheʼrlarini oʻqib berdilar.

Xalqaro “Nilufar” mukofoti, Bolgariya Xalq Respublikasining birinchi darajali “Kirill va Mefodiy” ordeni, Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini, uch marta mehnat Qizil Bayroq ordeni sohibasi, hassos shoira, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonimga havas qilmaydigan, asarlarini sevib oʻqimaydigan, unga oʻxshashga intilmaydigan oʻzbek qizi topilmasa kerak. Zulfiyaxonimga bagʻishlab yozilgan sheʼrlar ham buni ifodalab turibdi. “Oʻzbekning Zulfiyasi” ana shunday katta ehtiromlarga, eʼzozlarga munosib.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026