16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:19
Jamiyat 👁 452

XOLIMBEG OVULI FAOLLARI NURONIYLAR BILAN UChRAShDILAR

XOLIMBEG OVULI FAOLLARI NURONIYLAR BILAN UChRAShDILAR

Bugungi kunda 80 yoshdan oshgan, 100 yoshga qadam qoʻygan insonlar biz bilamizki, umri davomida eng ogʻir, mashaqqatli hayot yoʻllarini bosib oʻtishgan. Ularning aksariyati Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida, mehnat frontida zahmat chekib, hayotning bemavrid azob-uqubatlarini boshidan kechirishgan.

Bu insonlar 1930-yillardagi qatagʻonlar, urush davrining biri-biridan dahshatli voqealari, urushdan keyingi ocharchilik va tiklanish yillarining qiyinchiliklarini oʻz matonatlari, sabr-bardoshlari bilan yengib oʻtib, bugungi dorilomon kunlarga yetishgan fidoyilar sifatida el-yurt ardogʻida. Ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, yaxshi yashash va dam olish sharoitlarini yaratish biz – bugungi avlod vakillarining zimmamizdagi insoniylik burchimizdir.

Xolimbeg ovulida oʻz umrini el-yurt farovonligiga bagʻishlab oʻtgan keksa avlod vakillarining holidan xabar olish, ularning koʻnglini koʻtarish, hayit va bayramlarda, ularning yaxshi-yomon kunlarida keksalarni yoʻqlab turish yaxshi anʼanaga aylangan. Ovul hududida umrguzaronlik qilayotgan nuroniy otaxonlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Keksalar oʻgiti – hayot kaliti”, “Keksalar – xonadonlarimiz farishtalari” mavzularida yoshlar bilan uchrashuvlar, davra  suhbatlari oʻtkazilib turilishi oʻsib kelayotgan yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Yaqinda tuman hokimligi masʼullari, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, ichki ishlar tizimida uzoq yillar mehnat qilgan faxriy Karomaddin Ibodullayev, hudud profilaktika inspektori Ziyodulla Kenjayev hamda Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini raisi Zarifboy Allamov rahbarligidagi ovul faollari xolimbeglik nuroniy otaxon va onaxonlar xonadonlarida boʻlib, ularning holidan xabar olishdi. Umrining 70-yilini ovulda qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga bagʻishlagan 87 yoshli Yangiljon momo Ollamova, 81 yoshli Tozagul momo Sobirova, 80 yoshdan hatlagan Sherimmat ota Ollamov hamda Bobojon ota Oʻrozmetovlarning turmush tarzlari va oilalariga taalluqli muammolarini oʻrgandilar. Nuroniylar bilan suhbat qurib, ularning oʻtmishdagi suronli yillarda kechgan mashaqqatli hayoti haqidagi hikoyalarini tingladilar.

Ovul hududida yashovchi Tozaboy bobo Jumanov yaqinda 92 yoshga qadam qoʻydilar, Mavlon bobo Jumaniyozov esa umrining  93-bahorini qarshi olmoqda. Ikkala otaxon ham oʻz hayotining eng navqiron yillarini Ikkinchi jahon urushi oqibatlarini bartaraf etish, ovul iqtisodini yuksaltirish, oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdek xayrli, ayni damda mashaqqatli mehnat damlariga bagʻishlagan, pirovardida el-yurtda obroʻ-eʼtibor topgan insonlardir.

Yoqut momo Ahmedova esa ovulning eng keksa onaxoni hisoblanadi. Momo oʻz umrining  100-bahori bilan yuzma-yuz turibdilar. Hayot mashaqqatlarini mardona yengib oʻtgan, turmush qiyinchiliklariga egilmay, oʻgʻil-qizlarini el-yurtga munosib farzandlar qilib tarbiyalagan Yoqut momoning umr yoʻli ovul yoshlari uchun nafaqat ibrat, balki jasorat va matonat maktabi hamdir.

Ovul faollari Yoqut momoni tez-tez yoʻqlab, uning suhbatida boʻlishni, momoning xotiralarini tinglab, hayotiy saboqlar olishni oʻz burchlari deb bilishadi. “Keksalar – xonadonlarimiz farishtalari” shiorini kundalik ish faoliyatining bir qismi deb bilgan ovul faollari nuroniy otaxon va onaxonlar huzurida tez-tez boʻlishib, ularning maslahat va oʻgitlaridan bahra oladilar.

Bu galgi uyma-uy yurib oʻtkazilgan uchrashuvlarda ham ovul faollari keksalar duosini olib, ularga oʻz sovgʻalarini hadya etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026