16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:28
Jamiyat 👁 504

U KUNLAR DAHShATI DILLARDAN KETMAS

U KUNLAR DAHShATI DILLARDAN KETMAS

Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasida shunday inson yashaydi: har kuni oʻz ish faoliyatini davom ettirish uchun uyidan koʻngli xotirjam chiqib ketib, kechqurun oʻz faoliyatidan mamnun holda uyiga qaytishini bir baxt deb hisoblaydi, oila aʼzolari xushnud qarshi olganlarida oʻzini oʻz hududi – oilasi mehri ogʻushida his qilib, butun charchoqlari zumda tarqalib ketadi. Oldiga chiqqan aziz jigarbandlari – nevaralarini bir-bir bagʻriga bosib, shunday kunlarga yetganiga shukrona aytadi, mehnatlaridan obod hovlisi ostonasiga har kuni shukrona aytib kiradi. Bu - bejiz emas.

U 1979-1989-yillarda avj olgan afgʻon urushida ishtirok etgan tumanimizning 358 nafar navqiron yigitining biri. Inson hayotiga har lahzada oʻlim tahlika solib turgan olovli soʻqmoqlarda kechib, nene begunoh insonlarning oʻlimiga shohid boʻlib, tinchlik-ning, osoyishtalikning qadri nechogʻlik bebaho ekanligini yurak-yuragidan his qilganlar safida u – Soliy Xoʻrozov ham bor edi.

Soliy Xoʻrozov tumanimizning Xitoy ovulida 1963-yilda dunyoga keldi. Tengdoshlari qatori oʻrta maktabni tugatgach, 18 yoshida, ayni koʻklamda harbiy xizmatga chaqirildi. Dastlab, Turkmanistonning Ashxobod shahridan 30 kilometrcha janubdagi kimsasiz vodiyda, vaqtinchalik palatkalar tiklanib, bunyod etilgan harbiy garnizonda tayyorgarlikda boʻldi. Bu yerda ularga urushda ishlatiladigan turli oʻqotar qurollarni ishlatish, jang maydonlarida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan harbiy taktikalar yuzasidan mashgʻulotlar olib borilar, jazirama oftob tigʻida, askar formasida, yuk xaltasini orqalab goh yugurib, goh emaklab, goh baland-pastliklarda yurib bajariladigan mashqlar ularni juda holdan toydirar, lekin eʼtiroz bildirish harbiy topshiriqni bajarishdan boʻyin tovlash boʻlishini bilib, bariga chidashga oʻzida kuch topardi. Tumandan birga joʻnagan 24 nafar yigit kechqurunlari toʻyib suhbatlashib, oilasi sogʻinchini bosib olishardi.

Shu tariqa 3 oy oʻtgach, Soliy Xoʻrozov va birga chaqirilgan yigitlarni samolyotda Afgʻonistonga joʻnatishdi. Bu - 1981-yilning 21-iyunida boʻlgan edi. Samolyotda birga kelgan askarlarni aeroportda turli qismlarga boʻlib yuborishdi.

Soliy Xoʻrozov sobiq ittifoq armiyasi joylashgan shtabda qorovullik qilayotgan askarlar safida xizmatini davom ettirdi. Ular shtabni qoʻriqlash bilan birga kelgan oziq-ovqatlarni texnikalar yordamida turli hududlardagi qismlarga tarqatishar, yangi  kelgan askarlarni qismlarga kuzatib borishardi. Eng yomoni, janglarda halok  boʻlgan askarlar, yaradorlarni yurtimizga qaytarish uchun aeroportlarga tashishar, begunoh vatandosh yigitlar qurbon boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrib, joni achir, uxlolmay, tomogʻidan ovqat oʻtmay qolgan kunlari koʻp boʻlardi. Biroq afgʻon urushiga safarbar etilgan barcha yigitlar qatori u ham barchasiga chidashga majbur edi.

Soliy Xoʻrozov boshiga kelgan barcha koʻrguliklarga matonat bilan chidadi. Biroq ota-onasining urush tobora dahshatli tus olayotgan afgʻon yerida harbiy xizmatini oʻtayotganini bilishini, oʻzini deb qaygʻurib, azoblanishini istamas edi. Shuning uchun bu haqda ularga aytmadi.

Xayriyatki, u  eson-omon yurtimizga qaytish baxtiga musharraf boʻldi. Kelib, otasi Jumaboy Xoʻrozov bilan yonma-yon tumanimizdagi sobiq “PMKvodstroy” koʻchma qurilish kolonnasining texnikalarni taʼmirlash ustaxonasida ishladi.

Kunlardan bir kun ish jarayonida Afgʻonistonga Ashxoboddan birga joʻnagan quroldosh doʻsti Yangiboy Habiyevni uchratib qoldi. U ushbu idoraning qurilish boʻlimida ishlayotgan ekan. Ikki quroldosh oʻz yurtida eson-omon koʻrishganidan, sogʻ-salomat ekanligidan quvonchlari koʻngillariga sigʻmay ketdi.

– Mening shu yerdaligimni bilib keldingmi? – deya soʻradi Soliy Xoʻrozov doʻstidan.

Shunda Yangiboy Habiyev qiziq gap aytib qoldi.

Maʼlum boʻlishicha, u Soliydan ikki oycha ilgariroq korxonaga ishga kelgan ekan. Ish bilan bir kun ustaxonaga kelib qolib, usta Jumaboy Xoʻrozov bilan suhbatlashib qolibdi. Shunda Xitoy ovulidan ekanligini eshitib, mening bir Soliy degan quroldosh doʻstim bor edi, Xitoydan, tanimaysizmi, mabodo? deb soʻraganini va unga usta:

– Oʻris emasmidi? – deb savoliga savol bilan javob berganini aytishib, rosa kulishdi. Chunki u kishi Soliyning otasi edi. Afgʻonistonda boʻlganini yashirganiga jahli chiqqani uchun otasi shunday deganini Soliy tushundi. Onasi  kelganidan soʻng eshitib, koʻnglim sezgandi, doim Yaratgandan bolamni panohingda asragaysan, deb duo qilib oʻtirardim, dedi.

Soliy Xoʻrozov hayotda ota-onasining koʻp duolarini oldi. Oʻzi oilali boʻlgach, orqasida tizilishib turgan qoʻsha-qoʻsha ukalarini ham uyli-joyli qilishda ota-onasiga koʻmakdosh boʻldi. Mehnat qilayotgan idorasi hisobidan qurilgan uylardan biriga koʻchib kirib, mangʻitlik boʻlib qoldi. Oʻgʻillari ishga yaragach, yakka tadbirkor sifatida qishloq xoʻjalik texnikalarini taʼmirlaydigan ustaxona ochishdi. Hozir uch oʻgʻlining biri Anvar ustaxonada, ota kasbining davomchisi, Alisher yengil sanoat xodimi, Davron oʻqituvchi.

Soliy Xoʻrozov va ayoli Ravshanoylar uch oʻgʻilni kamolga yetkazib, elga qoʻshib, atrofi nevaralarga toʻlib, dorilomon kunlariga shukrona aytib yashashmoqda. Izzat-hurmatini joyiga qoʻyadigan, orasta, pazanda uch kelindan ham cheksiz minnatdor. Mehr-oqibat, oʻzaro hurmat, otameros qadriyatlarimiz chuqur ildiz otgan bu nurli xonadondan mehmon oyogʻi uzilmaydi.

Afgʻon hududidan sobiq ittifoq qoʻshinlari olib chiqilganiga 31-yil toʻlishi munosabati bilan Soliy Xoʻrozovni qutlash, afgʻon xotiralaridan tinglash uchun borganimizda ham uyida mehmon – oʻsha quroldosh, kasbdosh boʻlgan Yangiboy aka Habiyev bor ekan.

Bilsak, ular bir korxonada ishlab yurib, korxona qurgan uylardan olib, qoʻshni ham boʻlishgan ekan.

Tumanimizning Amir Temur nomli ovulida tugʻilib oʻsgan, sobiq afgʻonchi askar Yangiboy Habiyev ham shu tariqa mangʻitlik boʻlib qolibdi.

Ikki quroldoshlarning harbiy xizmatda, afgʻon tuprogʻida boshidan oʻtkazganlari haqidagi xotiralarini tinglash uchun ham azizlar, ancha mustahkam yurak kerak.  Chunki har bir qadamda ajal xavf solib turadigan, qirgʻinbarot urushlar qaʼrida ne azoblarni boshidan kechirganlarini tinglasangiz, eshitganlaringizga aqlingiz bovar qilishi qiyin. Shu bois ham 15-fevral – sobiq ittifoq qoʻshinlari afgʻon yurtidan olib chiqilgan kunni ular hayotidagi eng muhim sanalardan biri sifatida nishonlashadi.

Biz ham ularni bayram bilan qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab xayrlashdik.

Oygul RAJABOVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026