16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:41
Fan va taʼlim 👁 423

BOʻLGʻUSI OʻQUVChILAR UChUN MAKTABDA DARS MAShGʻULOTI OʻTILDI

BOʻLGʻUSI OʻQUVChILAR UChUN MAKTABDA DARS MAShGʻULOTI OʻTILDI

Mamlakatimizning kelajagi boʻlgan bolajonlarni maʼnaviy yetuk, jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Taʼlim-tarbiya jarayoniga dunyo miqyosidagi ilgʻor tajribalar joriy etilib, ularning intellektual rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilinmoqda.

Inson kamolotida taʼlim-tarbiyaning hal qiluvchi omil ekanligini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolajonlar qamrovini oshirish, ularni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Keyingi yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oilasi bagʻrida tarbiyalanayotgan 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlaydigan qisqa guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu saʼy-harakatlarning bari jajji oʻgʻil-qizlarni davr talabiga monand aqlli, zukko va bilimdon boʻlib voyaga yetkazishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Yaqinda Qilichboy ovulida faoliyat yuritayotgan 83-sonli maktabda bolajonlar hayotida oʻchmas taassurot qoldirgan voqea boʻldi: odatda biz maktab yoshiga yaqinlashgan oʻgʻil-qizlarimizga maktab haqida ilk tushunchalar beramiz, maktabda yaxshi oʻqisang, odobli boʻlsang, obroʻli inson boʻlib yetishasan, ustozlaring ham sen bilan faxrlanadigan boʻladi, deya uqtiramiz. Biroq maktabni, taʼlim-tarbiya jarayonini oʻz koʻzi bilan koʻrganchalik tasavvur bera olmasligimiz tayin.

Shuni eʼtiborga olib, 83-sonli maktabda 2020-2021 oʻquv yilida 1-sinfga yangidan qabul qilinadigan, ayni kunda 6 yoshli boʻlgan bolalar uchun korrektsion rivojlantiruvchi mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulotga ovulning Qilichboy va Olmazor aholi punktlarida istiqomat qiluvchi maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 6 yoshli oʻgʻil-qizlar ota-onalari bilan birga ishtirok etdilar. Oʻqituvchilar ularni iliq qarshi olib, maktab hayoti bilan tanishtirdilar va ular uchun maxsus tayyorlangan sinfxonaga boshlab bordilar. Hamma joylashib olgach, mashgʻulot boshlanishi eʼlon qilindi. Uni boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Zubayda Kenjayeva olib bordi. Uning bolajonlar bilan oʻziga xos, iliq tanishuvi, ularga mashgʻulot oʻtayotganidan xursandligini bildirgani muallim va boʻlgʻusi oʻquvchilar orasida iliq munosabat oʻrnatilishiga asos boʻldi.

Mashgʻulot boshlandi. Bolajonlar bir xil predmetlarni ajratish, guruhlarga ajratish, gapning  teskarini aytish kabi topshiriqlarni va shuningdek, bolalarning tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi uslublar asosida savollarga javoblarni aytish kabi topshiriqlarni bajardilar. Mashgʻulotni  bolajonlar juda yaxshi oʻzlashtirdilar. Zukko, hozirjavob oʻgʻil-qizlar faolligi uchun maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirilgani, kitoblar sovgʻa qilingani bolalarda maktabga, ustozlarga hurmat hissini shakllantirdi.

Mashgʻulotdan ota-onalar ham iliq taassurotlar olishdi.

Ayni kunda fan toʻgaraklari, sport toʻgaraklari va kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi toʻgaraklar muntazam faoliyat koʻrsatib, oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga, chuqur bilim egallashiga xizmat qilayotgan mazkur maktab ota-onalarga ham, jajji bolajonlarga ham juda yoqdi. Ayniqsa, maktabda oʻquvchilar taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shinam va yorugʻ sinf xonalarini, devorlardagi banner va stendlar, koʻrgazmali qurollar, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishgan boʻlgʻusi oʻquvchilarda taʼlim olishga boʻlgan ishtiyoq yanada kuchaydi.

Buningdek oʻziga xos tadbir bolalar uchun unutilmas taassurotlarni hadya etdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026