16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:51
Jamiyat 👁 278

BOLAJONLAR YuRTIMIZNING ULUGʻ SIYMOLARIGA EHTIROM KOʻRSATIShDI

BOLAJONLAR YuRTIMIZNING ULUGʻ SIYMOLARIGA EHTIROM KOʻRSATIShDI

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish eng muhim vazifalardan sanaladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shu boisdan bolalarning ona Vatan va atrof-olam, buyuk siymolar, bayramlar, mashhur sarkardalar haqidagi bilimlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Mangʻit shahrida joylashgan 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning yayrab-quvnab, oʻsib-ulgʻayishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Ovqatlanish, dam olish, taʼlim olish uchun alohida xonalar mavjud boʻlib, ularning  tashkilotdagi vaqtlari mazmunli va maqsadli oʻtishi uchun eʼtibor qaratilmoqda.

Hozirgi zamonaviy ilm-fan bolalarga bogʻcha yoshidan  ilm-maʼrifat oʻrgatish, ilm olishga ragʻbatlantirish, buning uchun taʼsirchan vositalardan foydalanish lozimligini uqtirmoqda.

Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bu borada talay ishlar olib borilayapti.

Shu yilning 24-fevralida tashkilot qisqa guruhi tarbiyachisi Goʻzal Yoʻldoshevaning “Oʻzbekistonning buyuk siymolari” mavzusidagi namunali ochiq darsi oʻtkazildi. Tadbirda tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi masʼullari, tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari qisqa guruhlari tarbiyachilari ham ishtirok etdilar.
Tashkilot tarbiyachisi Goʻzal Yoʻldosheva namunali ochiq darsida avvalo mazkur darsni tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlar haqida batafsil tushuncha berdi va tarbiyalanuvchilarni 5 ta guruhga ajratdi.


Dars maqsadiga muvofiq bolajonlarga diyorimizdan yetishib chiqqan ulugʻ alloma bobolarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ilmiy, adabiy merosi haqida bolalarga tushunarli tilda bayon qilib berdi. Bolajonlarni  ularga munosib vorislar boʻlib yetishishga, buning uchun kelgusida maktabda ilm asoslarini puxta egallamogʻi lozimligini aytdi va odobli, oilasiga, yurtiga mehrli boʻlib voyaga yetishga chaqirdi.

Dars mavzusiga mos bezatilgan ulkan xonada  milliy kiyimlar kiyib, peshonasiga durrachalar bogʻlab olgan jajji oʻgʻil-qizlar beshta guruhga boʻlinib, har bir guruh aʼzolari oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar.

Bolajonlarning oʻziga xos shirin tilda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan tarbiyachi koʻmagida yod olgan gʻazallar, ruboiylarni ijro etishi barchaga zavq bagʻishladi. Shuningdek, bu ikki ulugʻ shoir hayotiga oid, asarlariga oid sahna koʻrinishlarini mahorat bilan ijro etishlari chindan-da olqishlarga sazovor boʻldi.

Ruhshunoslar taʼkidlashicha, aslida qobiliyatsiz bolaning oʻzi boʻlmas, faqat ushbu yashirin qobiliyatni anglab, bolaning namoyon etishiga sharoit yaratish zarur ekan. Ushbu namunaviy ochiq darsni koʻrgan kishi bunga qayta-qayta iqror boʻlishi tayin.

Tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan, kelgusi oʻqish yilida maktablarning  1-sinflariga qadam qoʻyadigan oʻgʻil-qizlar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa guruhlar ularni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlayotgani quvonarli holdir.

Ilk boshlangʻich taʼlim olib, harflarni, sonlarni oʻqish-yozishni oʻrganayotgan bolalar maktab taʼlimini hech qiynalmay oʻzlashtirib keta oladilar. Yuqoridagidek tadbirlar esa ularning tafakkuri yana ham kengayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tarbiyachilarning ham shaxsiy tajribasini rivojlantirish va hamkasblari bilan oʻzaro birdamlikni yulga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026