FAN OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI
Maktablarda fevral – matematika, informatika fanlari oyligi deb belgilangani munosabati bilan fanga doir tadbirlar oʻtkazilmoqda. Shu qatorda 51-sonli maktabda ham ochiq oʻquv mashgʻulotlari, turli kechalar, tadbirlar tashkillashtirilmoqda.
Fan oyligi doirasida maktabda “Assalom, matematika” nomli maʼnaviy-maʼrifiy kecha ham oʻtkazildi. Kechada dastlab fan va uning ahamiyati haqida qiziqarli maʼlumotlar aytildi. Shundan soʻng, oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan sinflararo bellashuvga doir shartlar eʼlon qilindi va topshiriqlar belgilab olindi. Kecha davomida shartlar asosida har bir sinf oʻz bilim va chaqqonliklarini namoyish qildilar.
Fan oylikning ikkinchi haftasida 5-6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Ajdodlarga munosib avlod boʻlamiz” deb nomlangan bellashuv, yuqori sinflar oʻquvchilari orasida esa “Bilimdonlar bahsi” musobaqasi oʻtkazilib, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishi va olgan bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Guliston MAMIROVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶