Mahallalarda köçat ötqaziş işlari boşlandi
Yurtimizda qiş oxirlab, kunlar isişi bilan bahorgi mavsumga tayyorgarlik, kökalamzorlaştiriş işlari boşlab yuboriladi. Bu kabi obodonlaştiriş va köçat ekiş, daraxtlarga şakl beriş işlari tumanimizda ham uyuşqoqlik bilan amalga oşiriladi.
Allaqaçon boşlab yuborilgan bunday xayrli tadbirlarda tuman hokimligi, tegişli taşkilot va idoralar vakillari, faol yoşlar, qisqaça aytganda, tumanimizning yoş-u qarisi – barça birdek bahorgi mavsumga tayyorgarlik işlarida faol iştirok etmoqda.
Gulzor va Oybek nomli mahallalar hududidagi katta köça böyida arça köçatlarini ötqaziş işlari hamjihatlik bilan bajarildi. Mehnatsevar yurtdoşlarimiz arça köçatlari kelgusida şahrimiz körkiga körk qöşadi, degan niyat bilan uşbu xayrli işda qatnaşişdi. Şu maqsadda Manğit şahrining 5,5 km uzunlikdagi yer maydoniga jami 2 ming tup manzarali daraxtlar, arça köçatlari ötqazişdi.
Azaldan xalqimizda bahor kirib kelişiga katta tayyorgarlik körilib, köça-köylar, mahallalarni obod qilişga, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holda saqlaşga jiddiy eʼtibor qaratilib kelinadi. Köklam arafasida ötkaziladigan haşarlar yurtimizni yanada obod, fayzli, toza va ozoda bölişini taʼminlaş bilan birga yoş avlodda milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat, özaro mehr-oqibat, mehnatsevarlik, fidoyilik, ezgulikka xayrixohlik singari fazilatlarining mustahkam qaror topişida muhim örin tutadi.
Şu kunlarda tumanimizda ham barça mahallalardagi turar joylar, xiyobonlar, boğlar, yöl va yölaklar, muqaddas qadamjolarni tartibga keltirilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Markaziy köçalarga köplab mevali daraxt, gul köçatlari ötqazilmoqda. Mazkur tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoşlar faol iştirok etmoqdalar.
Qolaversa, mazkur tadbirlarda öz tadbirkorlik mahsulotlari - turli xildagi köçatlarni aholiga yetkazib berayotgan hamyurtlarimiz ham talaygina. Şunday mehnatsevar tadbirkorlardan biri Farhod Yaxşimov 2018-yilda 25 mln. kredit mablaği hisobidan Urganç şahridagi gul va subtropik ösimliklar yetiştiradigan “”Buyuk Turon” fermer xöjaligidan şartnoma asosida köçatlar sotib olib, gulçilik va köçat yetiştirişga ixtisoslaşgan oilaviy tadbirkorlik korxonasi faoliyatini yölga qöydi.
Şuningdek, Farhod akaning iş tajribasini qunt bilan örganayotgan qizi Marhaboning ham gulçilik sohasiga qiziqişi yuqori bölib, otasining yonida aholiga köçatlarni yetkazib berişga kamarbasta bölyapti.
Maʼlumot tariqasida aytiş joizki, mazkur oilaviy korxona taşkil qilinişi bilan 8 ta böş iş örni yaratilib, aholi bandligini taʼminlaşga hissa qöşdi. Oilaviy korxonada 2019-yilda 20 turdagi 7000 dona xonaki gullar yetiştirildi.
Şuningdek, bugungi kunda oilaviy korxonada 4000 dona gul tuvakçalarda tayyor holatda hamda 15000 dona gul köçatlari, qolaversa, ona tabiatimiz körkiga körk qöşiş maqsadida 30000 dona bir yillik manzarali gullar ham yetiştiriş keng yölga qöyilgan. Uşbu xayrli iş ham, şubhasiz, tabiat hamda ekologik muhitning yanada yaxşilanişiga xizmat qiladi.
Alohida taʼkidlaş kerakki, inson hayotini tabiiy muhitsiz tasavvur etiş qiyin. Şuning uçun ham tabiatni muhofaza qiliş, uning musaffoligini saqlaş insoniyatning muqaddas burçidir. Bizni qurşab turgan suv, havo, tuproq, ösimliklar olamining hozirgi ahvoli, atrof-muhit ifloslanib qolişining oldini oliş asosiy vazifalarimizdan biridir.
Xulosa qilib aytganda, tabiat insonlarning barça moddiy va maʼnaviy, ruhiy ehtiyojlarini qondiruvçi asosiy manbadir. Şunday ekan, tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz! Tabiatni asraş va undan oqilona foydalaniş barçamizning asosiy konstitutsiyaviy burçimizdir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan olingan va kelajak uçun qoldirişimiz zarur bölgan boylikdir!
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶