16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:29
Jamiyat 👁 1,081

Amudaryolik oʻqituvchiga “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni berildi

Amudaryolik oʻqituvchiga “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni berildi

 Bugungi kunda taʼlim tizimida juda katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan jamiyatda oʻqituvchilarning nufuzini oshirish, ularni moddiy ragʻbatlantirishga juda katta eʼtibor berilmoqda. Bu esa oʻqituvchilarni oʻz ishiga yanada masʼuliyat bilan qarashga undamoqda.

 Bizning 39-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham sifatli taʼlim-tarbiya berish borasida barcha oʻqituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar va AKT vositalaridan foydalanib, darslarni tashkil etishmoqda. Maktabimiz oʻqituvchilari buning natijasida samarali natijalarga erishib kelishmoqda. Ana shunday oʻqituvchilarimizdan biri – sohada 22-yil mehnat qilgan biologiya fani oʻqituvchisi Saida Murodboyevadir.

 U fanga boʻlgan qiziqishi tufayli oʻz ustida ishlashdan, izlanishdan aslo charchamaydi. Oʻquvchilarga ham biologiya fanini chuqurroq oʻrgatishga harakat qiladi. Darsda va darsdan tashqari paytlarda, fan boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlari davomida bor bilimini berib, har bir oʻquvchini oldinga intilishga oʻrgatadi, undaydi. Uning shogirdlari  juda koʻp. Ustozning oʻzi kabi faol oʻquvchilari har yili Bilimlar bellashuvi, Fan olimpiadalarida qatnashishadi va tuman bosqichida doim gʻolib boʻlishadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli oʻrinlarni aslo qoʻldan berishmaydi.


Saida Murodboyeva dars oʻtishda oʻquvchilarga juda talabchan, hamkasblar oʻrtasida esa kattaga hurmat, kichiklarga hamisha namuna. Undan tashqari, maktabda oʻtkaziladigan turli tadbirlarda, jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. U taʼlim tizimidagi samarali mehnatlari uchun 2016-yili Oʻzbekiston xalq taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu intiluvchan oʻqituvchida oʻz ishiga masʼuliyat hissini yanada oshirdi.

 Shu yil 5-fevral kuni Toshkent shahrida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan xalq taʼlimi tizimi rivojiga hissa qoʻshgan va oʻrnak boʻlgan bir guruh oʻqituvchilar “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Bu mukofot Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 5 nafar oʻqituvchiga berilgan boʻlsa, ular qatorida ushbu ushbu koʻkrak nishonga munosib deb topilgan 39-sonli maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Saida Murodboyeva ham taqdirlandi.

- Bu nishonga ega boʻlishimda oila aʼzolarimning va hamkasblarimning ham koʻmaklari, hissalari bor – deydi hayajon bilan Saida Murodboyeva. – Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning shaxsan oʻzlari ushbu nishonni taqdim etgani meni nihoyatda ruhlantirdi. Bunday ragʻbat biz kabi oʻqituvchilarga katta masʼuliyat ham yuklaydi va yanada shijoat bilan ishlashga, yosh avlodni Vatan uchun munosib farzand qilib tarbiyalashda bor kuchimizni sarflashga undaydi.
Ustozimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, yutuqlari hamisha bardavom boʻlishini tilab qolamiz.

Muhabbat Jandauletova, 39-sonli maktab direktori oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026