Fan oyligi doirasida oçiq dars ötkazildi
Yurtimizdagi barça taʼlim muassalarida yilning har bir oyida maʼlum bir fanlarga oid fan oyliklari taşkil qilinadi. Fan oyliklari doirasida devoriy gazetalar tayyorlanib, turli xil tadbirlar, körgazmalar, bellaşuvlar, musobaqalar ötkaziladi. Şuningdek, fan öqituvçilari oylik doirasida bor pedagogik mahoratlarini işga solib, oçiq darslar ötkazişadi, bu bilan öquvçilarning fanga bölgan qiziqişlarini yanda oşirişadi hamda boşqa fan öqituvçilari bilan tajriba almaşişadi.
Ana şunday fidoyi öqituvçilardan biri tumanimizdagi 1-sonli umumtaʼlim maktabining informatika fani öqituvçisi Anorgul Örozimbetova matematika fani oyligi munosabati bilan oçiq dars taşkil qildi.

Öqituvçining 8-“V” sinfda “MS Exselda matematik amallar va funktsiyalarni qöllaş” mavzusida taşkil etgan oçiq darsi juda qiziqarli tarzda ötdi.
Oçiq darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, noanʼanaviy taʼlim metodlaridan foydalanildi. Xususan, “Galereya”, “Aqliy hujum”, “Kim topqir?” kabi taʼlim metodlari darsning yanada jonlanişiga, öquvçilarning dars jarayonida faol iştirok etişlariga xizmat qildi.
Şuningdek, oçiq darsda öquvçilar bilan kiçik guruhlarda işlaş metodidan foydalanildi. Bu metod öquvçilarda epçillik, topqirlik, uddaburonlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirdi.

Darsda deyarli barça öquvçilar faol iştirok etdilar. Öqituvçi oçiq darsda bilimi, topqirligi, faolligi bilan ajralib turgan öquvçilarni rağbatlantirdi. Matematika fani oyligi doirasida ötkazilgan oçiq dars öquvçilarning fandan olgan bilimlarini yanada mustahkamlab, tuşunçalarini kengaytirdi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶