Matematika fan oyligi munosabati bilan ochiq dars tashkil qilindi
Umumtaʼlim maktablarida muntazam oʻtkazilib kelinayotgan fan oyliklari tadbirilari oʻquvchilarning fanlarga, bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda. Maktablarning nafaqat yuqori sinf, balki boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham juda katta qiziqish bilan fan oyliklari tadbirlarida faol ishtirok etishmoqdalar.
Shuningdek, maktablarda fan oyliklari tadbirlaridan tashqari noanʼanaviy ochiq darslar ham oʻtkazilmoqda. Ochiq darslarda ustozlar zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonlarini tashkil qilishmoqda.

Shunday ochiq darslardan biri fevral oyi matematika fani oyligi munosabati bilan tumanimizdagi 1-sonli umutaʼlim maktabida oʻtkazildi. Maktabning matematika fani oʻqituvchisi Mahbuba Tojiboyeva 5-“A” sinfda "Aralash sonlarni qoʻshish va ayirish "mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Ochiq darsda oʻqituvchi oʻquvchilarning epchilligini, chaqqonligini yanada oshiruvchi, xotirasini mustakamlaydigan noanʼanaviy taʼlim metodlaridan foydalandi. Xususan, “Kim epchil? Kim chaqqon?”, “Xotira mashqi” taʼlim metodlari oʻquvchilarning individual qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, taʼlim samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilishi bu sohada katta yutuqlarga erishish imkonini beradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar oʻquvchilarda ijodkorlik, epchillik, topqirlik, tez fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga, oʻz ustida ishlash, bir-birini tinglash, mustaqil fikr yuritish koʻnikmalarining shakllanishiga keng yoʻl ochadi.

Ochiq darsda oʻquvchilar faol ishtirok qildilar. Dars jarayonida oʻquvchilarning matematika fanidan olgan bilimlari mustahkamlanib, yangi bilimlar hosil qilindi. Qiziqarli, bahs-munozaraga boy boʻlgan darsda, oʻquvchilarning matematika faniga boʻlgan qiziqishlari yanada oshdi.
Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶