TABIAT BAGʻRIDAGI AMALIY MAShGʻULOT
“Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan 5 ta tashabbus doirasida yoshlar bilan oʻtkazilayotgan nazariy va amaliy mashgʻulotlarda oʻquvchi-yoshlar davrasidagi uchrashuvlar, ularni kasbga yoʻnaltirish, bu boradagi qiziqish va koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamgʻarma raisi Bekman ota Allaberganovning bogʻdorchilik, sohibkorlik yoʻnalishlari boʻyicha tabiat bagʻrida olib boradigan amaliy-mashgʻulotlari yoshlar uchun juda maroqli.
Ana shunday mashgʻulotlardan biri 40-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Mohir bogʻbon Baxtiyor Mangliyev bilan Bekman ota Allaberganov tomonidan mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish, bahorgi koʻchat ekish mavsumida qalamchalardan koʻchat yetishtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotda maktabning bogʻdorchilik va sohibkorlik sohasiga qiziquvchi yoshlari faol ishtirok etishdi. Mashgʻulotda oʻquvchi-yoshlar soha boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Tabiat bagʻrida oʻtkazilgan mazkur mashgʻulot oʻquvchi-yoshlarning bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligini hamda tomorqa xoʻjaligini yuritish, koʻkalamzorlashtirish tadbirlarining ahamiyati haqidagi tushunchalarini yanada boyitdi.
M.ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶