25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:41
Jamiyat 👁 259

“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi

“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yoshlar hayotida muhim rol oʻynaydi. Beshta muhim tashabbus yoshlarning ongli va bilim darajalari yuqori boʻlib oʻsib ulgʻayishida katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan bu beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini maktab oʻquvchilari, yoshlar, keng jamoatchilik orasida targʻibot qilish maqsadida ish rejalar tuzilib, amaliy ishlar bajarilmoqda. Tashkilot tomonidan shu maqsadlarni amalga oshirish uchun joylarda turli uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tashkilot ish rejasiga muvofiq tumanimizdagi 44-sonli umumtaʼlim maktabida “Mahorat maktabi” tadbiri oʻtkazildi. Unda maktabdagi adabiyot, badiiy ijodga havas qoʻygan, tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi iqtidorli oʻquvchilar jam boʻlishdi. Maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Manzura Sultonova hamda “Jayxun ilhomlari” NNTdan tashrif buyurgan ijodkorlar oʻquvchilarga nasr va nazm sirlari haqida soʻzlab berishdi.

Uchrashuv davomida maktabdagi juda koʻp oʻquvchi-yoshlarning ijodga qiziqishi namoyon boʻldi. Maktabning 5-sinf oʻquvchilaridan Akrom Koʻklanov, Sevinchoy Murodboyeva, 6-sinf oʻquvchilaridan Asaloy Qurbonboyeva, Xurshida Oʻrinboyev, 7-sinf oʻquvchisi Roza Shomurodova, 10-sinf oʻquvchilaridan Surayyo Rajabova, Diyora Erimbetova, Sohiba Ahmadjonovalar oʻzlarining yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar. Ularning ustozi, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Manzura Sultonova ham oʻzining ijod namunalaridan  bizga taqdim etdi.

Mazkur umumtaʼlim maktabida hozirgi kunda 530 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib, bilim sirlarini egallamoqda. Maktabda faoliyat yuritayotgan 49 ta fan toʻgaraklariga 509 oʻquvchi jalb qilingan. “Tilshunoslik” fani toʻgaragining 64 nafar, “yosh adabiyotshunoslar” toʻgaragining 30 nafar aʼzolari borligi ham maktabda koʻplab yosh adabiyotshunoslarning yetishib chiqayotganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, maktabdagi “Yosh rassomlar” toʻgaragida fan oʻqituvchisi Maqsuda Xolimbetova tasviriy sanʼatning sir-asrorlarini oʻrgatmoqda. U oʻzidagi bor iqtidorni shogirdlariga singdirish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Fidoyi ustozning samarali mehnati natijasida yosh rassomlardan 8-sinf oʻquvchisi Sodiqjon Ismoilov, 5-sinf oʻquvchisi Akmal Jumamurodovlar tuman, respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etib, munosib oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Yosh rassomlarning tasviriy sanʼat sohasidagi bilimlari kishini hayratga soladi. Bularning barchasi uzluksiz izlanishlar natijasidir. Yosh iqtidor egalarning mahorati, tasviriy sanʼatni puxta oʻrgangani chizgan rasmlarida ham aks etgan.

Maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari yangilik sifatida yaqinda teatr va sanʼat toʻgaragi oʻz faoliyatini boshlashi toʻgʻrisida aytib oʻtishdi. Bu quvonarli hol, albatta.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur umumtaʼlim maktabida yosh avlodning kelajakda yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishlari uchun ularning ustozlari tomonidan namunali ishlar  olib borilmoqda.

Xuddi shunday tadbir 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. Hozirgi kunda 940 nafar oʻquvchi bilim olayotgan ushbu maktabdagi ijodkor, iqtidorli oʻquvchilar mazkur tadbirda katta qiziqish bilan qatnashdilar.

Tadbirda dastlab oʻqituvchilar oʻquvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida 16 ta fan toʻgaraklari muntazam ishlab turganligi, bu toʻgaraklarga 480 nafar oʻquvchi jalb qilinganligi toʻgʻrisida soʻzlab oʻtdilar. Birgina adabiyot va badiiy ijod yoʻnalishida 7 toʻgarak tashkil etilganligini oʻquvchilar ham mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.

Maktab kutubxonasida yosh ijodkorlar bilan oʻtkazilgan suhbatda 6-sinf oʻquvchilaridan  Yorqinoy Kenjaboyeva, Madina Hayitjonovalar oʻzlarining yangi yozilgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar, 10-sinf oʻquvchisi Iroda Oymirzayeva oʻzi yozgan hikoyani soʻzlab berdi. Musiqaga havas qoʻygan 10-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Xasanov esa jonli ijroda qoʻshiq kuyladi.

Oʻquvchilarning samarali ijod qilishida maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Guloyim Begjanova, Matluba Qurboniyazovalar yaqindan yordam berib kelishmoqda. Shuningdek, maktabda har bir muhim sanalar munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilib turiladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus katta imkoniyatlar ekanligi ham oʻquvchilarga muntazam ravishda keng miqyosda tushuntirilmoqda.
Tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning har tomonlama bilimli, tashabbuskor inson boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Yosh avlod vakillari ham oʻz navbatida ilm samarasi sifatida oʻz iqtidorlarini turli yoʻnalishlarda namoyon etib kelmoqdalar. Oʻquvchilarning bu gʻoyalari va tashabbuslari boshqalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Oʻrozali REYIMOV.
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi
.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026