AMUDARYoLIK TALABA “YIL TALABASI -2019” TANLOVI SOVRINDORI BÖLDI
Mamlakatimizda faol, intiluvçan, iqtidorli talabalarni aniqlaş va rağbatlantiriş maqsadida har yili “Yil talabasi” tanlovi ötkazib kelinadi. Albatta, avvalo oliy taʼlim muassasasi talabasi bölişning özi yoşlar uçun bir baxt. Boisi buning uçun qança öqiş, örganiş, öz ustingda işlaş talab etiladi. Talabalik baxtiga muyassar bölgan yoşlar uçun ularning faolligini, iqtidorini, salohiyatini sinovdan ötkazuvçi köplab tanlovlar, musobaqalar ötkazib turiş odat tusiga aylanib qolgan. “Yil talabasi” respublika tanlovi şularning eng nufuzlisi, desak adaşmagan bölamiz.
Yaqinda uşbu tanlovning 2019-yilgi yakuniy bosqiçi ötkazildi. Unda uşbu tanlovning quyi bosqiçlarida qatnaşgan va ğolib bölgan mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari iştirok etdilar.
Quvonarlisi, mazkur tanlov sovrindorlari safida tumanimizning Yuqoriqişloq mahallasida tuğilib ösgan, hozirgi kunda Qoraqalpoq davlat universitetida taʼlim olayotgan Otabek Rahimboyev ham bor. U tanlovning “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasida uçinçi örinni egalladi. Otabek Rahimboyevni erişgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, yutuqlari bardavom bölişini tilab qolamiz.
SEVARA ISMOILOVA, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶