16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:31
Jamiyat 👁 552

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

Qonunga koʻra, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga tegishlicha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kiritilmoqda. Butun mamlakatimiz boʻylab, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi hamda soliq qonunchiligidagi ushbu oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shunday targʻibot tadbirlaridan biri tumanimizdagi “Tamara-tekstil” xususiy korxonasida oʻtkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zLiDeP tuman Kengashi va tuman Davlat Soliq inspektsiyasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subʼektlarida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida oʻtkazilgan mazkur tadbirda yosh tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar, korxona ishchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda partiyaning tuman Kengashi va Soliq inspektsiyasi masʼullari yangi Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlar, soliq turlari, soliq toʻlovchining xuquqlari, majburiyatlari, soliq majburiyatini bajarishning tartibi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati xaqida tushunchalar berdilar.
Tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi Soliq kodeksida tenglik, aniqlik, soddalik va samaradorlik asos qilib olinganligi, ushbu kodeksning yangi tahririda soliq turlari 13 tadan 9 taga qisqartirilib, yagona yer soligʻi, davlat boji, bojxona toʻlovlari, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqlar bekor qilinganligi boʻyicha kiritilgan oʻzgartishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, kichik korxonalar uchun aylanmadan soliq koʻrinishidagi alohida soliq rejimi saqlab qolinganligi, oldingi tartibga koʻra, korxonalar oʻrtasida oʻzaro moliyaviy munosabatlarga aralashgan holda, hosil boʻlgan debitorlik qarzdorligi majburiy undirilganligi tushuntirildi. Endi bu tartibdan voz kechilayotgani, yaʼni bir korxonaning soliq majburiyati boshqa birining zimmasiga tushirilmasligi ham aytib oʻtildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova ham yurtimizda soliq tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi haqida soʻz yuritdi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomada 2020-yilda birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilishi, tadbirkorlarni qiynayotgan va haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan soha – litsenziya va ruxsatnomalar berish tizimi yengillashtirilishini alohida eʼtirof etganligini taʼkidladi. Shu oʻrinda Prezidentimizning “…Biz yangi ish oʻrinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz, taʼbir joiz boʻlsa, ularni yelkamizda koʻtarishimiz kerak”, degan fikrlari har bir tadbirkor uchun kuch-qudrat hamda shijoat bagʻishlashini ham mamnuniyat bilan tilga oldi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi hamda soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan tadbirda ishtirokchilar yetarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026