MAKTABDA I.A.KARIMOVNING XOTIRA KEÇASI ÖTKAZILDI
Islom Karimov mustaqil Özbekiston davlatining asosçisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, özbek xalqining uluğ va ardoqli farzandi edi. U mamlakatimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklagani hamda oğir qiyinçiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda yurtimizni jadal rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
30-yanvar kuni tuman XTBga qaraşli 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham tarix va huquq fan oyligi doirasida şu buyuk inson, Özbekistonning birinçi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 82 yilligiga bağişlab xotira tadbiri ötkazildi.
Tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Munavvar Joldasova öquvçi-yoşlarga “Mustaqilligimiz meʼmori – Islom Karimovning buyuk xizmatlari” mavzusida gapirib, xalqimizni mustaqillik sari ilhomlantirgan hamda kerak paytda jasorat va qahramonlik körsatib, şaxsiy ibrati bilan Istiqlolimizni himoya qilgan I.Karimovning siyosiy faoliyati haqida tölqinlanib sözladi.
Tarix va huquq fan öqituvçilari rahbarligida maktabning 9-, 10-, 11-sinflar öquvçilari örtasida ötkazilgan “Zakovat” öyinlari orqali öquvçilar özlarining bilim va zakovatlarini namoyiş etişdi. Ayniqsa, mamlakatimizda yaşayotgan turli millat vakillari uçun yaratilgan tenglik, dinlararo, konfessiyalararo bağrikenglik siyosati, barça millat vakillarining mehnat qiliş, namunali tibbiy xizmatdan foydalaniş, dam oliş, kafolatli taʼlim oliş huquqlarining Konstitutsiyamizda mustahkamlab qöyilgani haqida öz bilimlarini namoyiş etişdi va berilgan savollarga aniq, puxta javob berdilar. Şu barobarida mamlakatimizning birinçi Prezidenti I.Karimov rahbarligida amalga oşirilgan islohotlar, Özbekistonning mustaqillik davri taraqqiyot bosqiçlari xususida öquvçilar batafsil maʼlumotlar berdilar. Ayniqsa, Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev boşlab bergan 5 ta muhim taşabbusning yoşlar hayotida tutgan örni, Yangi Özbekistonda keçayotgan demokratik jarayonlar, yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik, yoşlar hayotiga oid Prezident Farmonlari hamda Qarorlari böyiça zukkolik bilan öz fikrlarini bildirdilar.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan mamlakatimiz hayotiga oid tarixiy jarayonlarni aks ettiruvçi sahna körinişlari, harbiy çiqişlar, milliy Armiyamiz askarlarining jangovarlik holatlari mahorat bilan körsatib berildi. Tarixiy şaxslar haqidagi şeʼrlar öqilib, buyuk ajodlarimiz yod etildi.
Tarix va huquq fan oyligi doirasida bölib ötgan xotira keçasi öquvçilar qalbida buyuk ajdodlarimiz, vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat, ona Vatanga çeksiz muhbbat tuyğularini yanada mustahkamladi.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶