BIRINChI PREZIDENTIMIZ XOTIRASIGA BAGʻIShLAB TADBIR OʻTKAZILDI
Mamlakatimizni qariyb 25-yil boshqargan Birinchi Prezidentimiz, mustaqil Oʻzbekistonni barpo etgan, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratgan, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash ishiga ulkan hissa qoʻshgan atoqli davlat arbobi I.A.Karimov hozir hayot boʻlganlarida hayotining sakson ikkinchi yilini qarshi olgan boʻlar edilar. U jisman oramizda boʻlmasa ham mamlakat mustaqilligi asoschisi, yurtimizda mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va hayotga tatbiq etilishiga rahnamolik qilgan atoqli davlat arbobi sifatida xalqimizning yuragida yashaydi. Ayniqsa, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar, Chegara va Ichki qoʻshinlarni tashkil etishga boshchilik qilgan edilar.
Bugungi kunda xalqimizning tinch-osoyishtaligini taʼminlab, Vatanimiz sarhadlarini ishonchli qoʻriqlayotgan bu tuzilmalarda Birinchi Prezidentimiz tavallud kuni - 30-yanvar sanasiga bagʻishlab turli tadbirlar tashkil etildi.
Tumanimizda faoliyat olib borayotgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202 “D” va 9202 “K” harbiy qismlarda Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan kun munosabati bilan “Mustaqillik meʼmori va Qurolli Kuchlarimiz asoschisi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Tadbirlarga 69- va 36-maktablar oʻqituvchilar jamoasi vakillari tashrif buyurishib, I.Karimov hayoti va faoliyati haqida maʼruzalar qildilar.
Harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlar asoschisini hurmat-ehtirom bilan xotirladilar.
F.MAHAMMADIYeV,
R.JANAZAROV,
harbiy xizmatchilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶