16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:12
Jamiyat 👁 385

Ona tabiat bagʻrida yoshlar bilan boʻlgan uchrashuv qiziqarli oʻtdi

Ona tabiat bagʻrida yoshlar bilan boʻlgan uchrashuv qiziqarli oʻtdi

Soʻnggi yillarda oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish hamda atrof-muhit muhofazasi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga ongli munosabatda boʻlishlarini taʼminlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarning mazmun-mohiyati ham yosh avlodning yashil olam moʻʼjizalari, muammolariga oqilona yondashishini taʼminlashdan iboratdir.

Joriy yilning 17-yanvar sanasida tuman Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligining Qipchoq boʻlimida tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 11-,29-,39-,47-,75-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishtirokida ochiq tabiat bagʻrida tabiatshunoslik boʻyicha amaliy va nazariy uchrashuv tadbiri oʻtkazildi. Tabiiy oʻrmon hududida, gulxan atrofida oʻtkazilgan ushbu tadbirda yoshlar ona tabiatga munosabat, atrof-muhitni muhofaza qilish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish yuzasidan bilim va koʻnikmalari haqida mutaxassislar bilan jonli muloqotda boʻldilar.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Alijon Mamatkarimov, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oʻlmas Sobirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi mutaxassisi Rustam Yusupov hamda tuman hokimi oʻrinbosarlari, tuman Ekologiya qoʻmitasi xodimlari, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari ishtirok etishib, oʻquvchi-yoshlarga oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va yashil hududlarning ahamiyati toʻgʻrisida keng tushunchalar berdilar. Oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Alijon Mamatkarimov, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oʻlmas Sobirov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi mutaxassisi Rustam Yusupovlar batafsil javob berdilar.

Tadbir yakunida Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 11-,29-,39-,47-,75-sonli maktablarning har biriga 40 tadan, jami 200 tup manzarali daraxt koʻchatlari berildi va ishtirokchilar oʻquvchi-yoshlar bilan birgalikda maktablar hududlariga ushbu daraxt koʻchatlarini oʻtqazdilar.
Ona tabiat bagʻrida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuv tadbiri oʻquvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, yashil olamga yanada mehrli, ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026