IŞÇI GURUH AʼZOLARI ÇOYKÖLLIK YoŞLARGA YÖLSOZLIK BÖYIÇA MAHORAT DARSI ÖTIŞDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça maslahatçisi örinbosari Alişer Usmonov boşçiligida Özbekiston Respublikasi barça vazirliklari, boşqarmalari masʼul xodimlaridan iborat işçi guruh şu yil 16-yanvar kuni yoşlar hayotini örganiş maqsadida tumanimizda böldi va ular iştirokida turli maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar ötkazildi.
Respublika işçi guruh aʼzolari – “ÖzAvtoyöl” qömitasi bölim boşliği Otanazar Jumaniyozov, “KKavtoyöl” boşqarmasi boşliği örinbosari Xudoybergan Uteniyazovlar Çoyköl ovulining Qoraqipçoq aholi punktidan 22-sonli maktabga olib boruvçi, uzunligi 740 metr bölgan taʼmirtalab yölga toş töşalişiga boş-qoş böldilar.
Ovul yoşlari iştirokida tuproq yöl toş töşalgan yölga aylantirildi. Şuningdek, yoş yigit-qizlar yöl qurilişida işlatiladigan maxsus texnikalar bilan taniştirildi. Ularga haydovçilar tomonidan uşbu texnikalarni boşqariş usullari örgatildi, harakatlaniş imkoniyatlari körsatib berildi.
Şundan söng, işçi guruh aʼzolari 22-sonli maktab yuqori sinflari öquvçilariga yöl sohasi mutaxassislari bilan birgalikda yölsozlik böyiça mahorat darsini ötdilar. Asosan öquvçilarni sohaga qiziqtiriş, bu borada ularda ilk könikmalarini şakllantiriş maqsadida ötkazilgan tadbirda öquvçilar yölsozlardan özlarini qiziqtirgan barça savollarga javoblar oldilar.
Tadbirda faol iştirok etgan öquvçilarga qimmatbaho sovğalar berilib, rağbatlantirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶