RESPUBLIKA IŞÇI GURUHI AʼZOLARI DARYo BÖYI MAHALLASI YoŞLARI BILAN UÇRAŞDI
Yoşlarga eʼtibor – kelajakka eʼtibor! Bu şunçaki balandparvoz gap emas. Bugungi tezkor, yangilanişlar şiddat bilan keçayotgan davrda yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltiriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarga daxldorligini, masʼuliyatini oşiriş juda muhim. Boisi, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, maʼnan yetuk, jismonan kuçli, matonatli, sadoqatli yoşlargina mamlakat kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmalariga ola oladilar, yurt koriga yaraydilar. Şu sababdan jamiyatimizning asosiy harakatlantiruvçi kuçi hisoblanmiş yoş avlod taʼlim-tarbiyasini, ularning maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy, ijtimoiy, jismoniy salohiyatini oşrişga ulkan ahamiyat qaratilmoqda.
Bu borada amalga oşirilayotgan işlar natijasi bilan yaqindan tanişiş va muammoli masalalarda amaliy yordamlar beriş maqsadida tumanimizga taşrif buyurgan Respublika işçi guruhi aʼzolari barça hududlarda yoşlar bilan uçraşuvlar taşkillaştirdilar, maktablarda, mehnat jamoalarida böldilar, tadbirkor yoşlar faoliyati bilan tanişib, ijodkor yoşlar muşoiralarini ötkazdilar
Işçi guruh aʼzosi, “ÖzAvtoyöl” qömitasi bölim boşliği Otanazar Jumaniyozov Qipçoq ovul fuqarolar yiğini tarkibidagi Daryo böyi mahallasida istiqomat qiluvçi Zarifboy Xöjamurodov xonadonida bölib, uşbu xonadonning va qöni- qöşnilarining farzandlari bilan suhbatda böldi.
Mehmon suhbat çoğida yoşlarning qiziqişlari, öqişlari, turmuş tarzi bilan tanişdi. Xonadonga yiğilgan ön nafardan ziyod bolalar iştirokida bölgan darsdan böş vaqtlarida nimalar bilan şuğullanişlari, qaysi şoir, yozuvçilar ijodini sevib öqişi, xullas, adabiyot, sanʼat, sport borasidagi suhbat juda qiziqarli ötdi. Ayniqsa, Otanazar Jumaniyozovga bolalarning hozirgi davr va mumtoz adabiyotimiz namunalarini ifodali, yoddan aytişi, rasmlar çizişi, musiqa asboblarini çalişi va qöşiqlar ijro etişi juda manzur böldi.
Xabardor qilinmasdan, tösatdan kirib borgan xonadonida yoşgina yigitning ispança operani mahorat bilan kuylagani mehmonni biroz hayratlantirdi ham. U Nukusdagi sanʼat kollejini bitirib kelib, yaqindagina 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida opera xonandaligi guruhida murabbiylik faoliyatini boşlagan, iqtidorli yigit Şerxon Ötamurodov edi. Uçraşuv söngida 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Nuraddin Yoqubov ijrosidagi şöx qöşiqqa mezbon-u mehmonlar raqsga tuşdilar.
Daryo böyi mahallasi yoşlari bilan ötkazilgan uçraşuv Respublika işçi guruhi aʼzolarida iliq taassurotlar qoldirdi. Bu mamlakatimizda yoşlarning munosib bölib ulğayişlariga qaratilayotgan eʼtibor mevasidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶