16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:11
Jamiyat 👁 462

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

  Tuman hokimligining kichik majlislar zalida Respublika ishchi guruhining ommaviy uchrashuvlari doirasida Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Rustam Hotamov yoshlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Unda  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aytbay Temirxanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Islom Ahmedov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov hamda tumanning faol yoshlari, Probatsiya boʻlimi nazoratidagi, uyushmagan, ish bilan band boʻlmagan yoshlar  qatnashishdi.

Vazir oʻrinbosari Rustam Hotamov dastlab, soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritdi. Koʻpchilik yoshlar asosan bekorchiligi, huquqiy savodxonligining pastligi, oʻzi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishini toʻgʻri baholay olmaganliklari, ushbu harakat jinoyat yoki huquqbuzarlik ekanligini anglab yetmaganliklari oqibatida shu ishlarga yoʻl qoʻyib, jinoyat sodir etayotganligini aytib oʻtdi. Soʻngra, yosh avlod oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularga har bir jinoyat yoki huquqbuzarliklarning mazmun-mohiyati nimadan iborat ekanligini tushuntirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oʻz vaqtida jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Dilafroʻz Sharifova ham tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar jinoyatchiligini barvaqt profilaktika qilish boʻyicha har oyda targʻibot dekadalari, tushuntirish ishlari, turli loyihalar tizimli ravishda tashkil etilayotganligini, natijada tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarni kamaytirishga erishilgani haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, tumanda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni turli toʻgaraklarga jalb etish hamda tarbiyasi ogʻir, jinoyat sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlarning ham ezgu gʻoyalari, tashabbuslari bilan tanishib, ularni amalga oshirish uchun koʻmak berilayotgani, sharoitlar yaratilayotgani haqida gapirdi.  

Yigʻilishda muqaddam jinoyat sodir etib, tuman Probatsiya boʻlimi nazoratida turgan 10 nafar yoshlar bilan alohida suhbat oʻtkazildi. Hozirgi kunda ularning qanday ishlar bilan bandligi, yashash sharoitlari va duch kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Ularga endilikda foydali mehnat bilan shugʻullanib, oʻz hayotlarini toʻgʻri yoʻlga solishlari, jamiyat ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshishlari kerakligi tushuntirildi.

Uchrashuv doirasidagi yigʻilish soʻngida yoshlar hayotidagi muammolarga doir murojaatlarni tinglandi. Ish bilan band boʻlmagan yoshlardan 6 nafari bandligini taʼminlash boʻyicha murojaat qildi. Xitoy ovulida yashovchi Doniyor Hayitboyev esa hudud yoshlari sport bilan shugʻullanishi uchun futbol maydonchasi qurmoqchi ekanligini aytib, kredit va yer maydoni ajratilishi masalasida koʻmak soʻradi. Yoshlarning murojaatlar shu yerning oʻzida oʻrganilib, bu boʻyicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Barcha uchun qiziqarli oʻtgan tadbir davomida kelajagimiz yoshlar qoʻlida boʻlganligi bois ular tomonidan jinoyat, huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishi kerakligi, bunday ishlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun barchamiz birdek harakatda boʻlmogʻimiz kerakligi taʼkidlandi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026