VATAN HIMOYaÇILARI KUNIGA BAĞIŞLANGAN SPORT MUSOBAQALARI BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda har yili 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni keng nişonlanadi. Sana munosabati bilan yurtimiz sarhadlarini işonçli qöriqlab, tinçlik-osoyiştaligini taʼminlab kelayotgan harbiy xizmatçilar, muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlarga yuksak hurmat-ehtirom körsatiladi, yoşlarning ulardan örnak olişlari, munosib bölib voyaga yetişlari uçun turli tadbirlar taşkillaştiriladi.
2019-yilning 15-dekabridan 2020-yilning 15-yanvarigaça ötkazilgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatanparvarlik – milliy yuksaliş kafolati” şiori ostida köpgina tadbirlar bölib ötdi. Milliy Armiyamiz va Qurolli Kuçlarimiz harbiy-texnik salohiyatini hamda harbiy xizmatçilar, muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlarning yuksak harbiy intellektual salohiyatini tarğib etiş, xalqimiz könglida ularga işonç tuyğularini mustahkamlaş maqsadida taşkil qilingan tadbirlar kötarinki ruhda ötkazildi.
Sana munosabati bilan tumandagi umumiy örta taʼlim, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş borasidagi işlarning samaradorligini oşiriş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, turli huquqbuzarliklarning oldini oliş, yoşlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qiliş, yoşlarning diniy-ekstremistik guruhlarga kirib qolişining oldini oliş maqsadida tuman hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport bölimi, tuman Xalq taʼlimi, Mudofaa, Madaniyat bölimlari va mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti hamkorligida öquvçilar örtasida sport musobaqalari ötkazildi. Tumanimizning 8 ta hududida sportning arqon tortiş, mini futbol, harbiy sport turlari, yaʼni turnikda tortiliş, granata uloqtiriş, öq otiş, kuç sinaş, yuguriş böyiça musobaqalar bölib ötdi. Unda 864 nafar yoşlar iştirok etib, ğoliblik uçun bellaşdilar.
11-yanvar kuni esa mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti binosida hududlar ğoliblari bölgan yoşlar örtasidagi musobaqalarning tuman bosqiçi ötkazildi. Natijalarga köra, arqon tortiş böyiça ötkazilgan musobaqada birinçi örinni Manğit Iqtisodiyot kolleji, ikkinçi örinni 17-sonli maktab, uçinçi örinni esa 4-sonli maktab öquvçilari egalladilar.
Yuguriş, turnikda tortiliş, granata uloqtiriş, öq otiş, kuç sinaş kabi harbiy sport turlari böyiça bellaşuvlar ham juda qizğin va hayajonli keçdi. Uşbu musobaqalarda birinçi örinni 17-sonli maktab, ikkinçi örinni Manğit Iqtisodiyot kolleji, uçinçi örinni esa 4-sonli maktab öquvçilari jamoalari egalladilar. Mini futbol musobaqasi ham yoşlarining uşbu sport turiga qiziqişlari tobora ortayotganini körsatdi – ğoliblik uçun keskin kuraşlar bilan keçgan öyin natijalariga köra, birinçi örinni Manğit Iqtisodiyot kolleji, ikkinçi örinni 17-sonli maktab, uçinçi örinni esa 31-sonli maktab öquvçilari egalladilar. Şunday qilib, yakuniy natijalarga köra, umumjamoa hisobida 17-sonli maktab öquvçilari ğoliblikni qölga kiritişdi. Manğit Iqtisodiyot kolleji öquvçilari ikkinçi örin, 4-sonli maktab öquvçilari esa uçinçi örin ğoliblari böldilar.
Musobaqa ğolib va sovrindorlari 14-yanvar kuni tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab ötkazilgan tantanali yiğilişda musobaqa taşkilotçilari tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶