FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIÇIDA BILIMDONLAR SARALANDI
Umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida ötkaziladigan Fanlar olimpiadalari nafaqat ularning bilimlarini çarxlaydi, balki kelajakdagi orzulariga qanot bağişlaydi.
5-10-yanvar kunlari tumandagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan öquvçilar orasidan ana şunday bilimdon va iqtidorlilarni aniqlaş maqsadida tuman Xalq taʼlimi bölimining 2019-yil 23-dekabr kungi 235-m-sonli buyruği asosida Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi ötkazildi. 40-sonli maktabda bölib ötgan uşbu Fanlar olimpiadasida maktab bosqiçida ğolib bölgan 9-11-sinf öquvçilaridan 609 nafari iştirok qilişi rejalaştirilgan edi. Lekin 26 nafar öquvçi turli sabablarga köra, iştirok qila olmadilar.
Uşbu tadbirda 9-11-sinf öquvçilari jami 55 ta fan böyiça öz bilimlarini sinab kördilar. Har bir fan böyiça 55 nafar auditoriya rahbari, 55 nafar kuzatuvçi, 165 nafar hakamlar hayʼatidan iborat guruh belgilangan mezon asosida öquvçilar bilimini baholab bordilar. Baholaşda öquvçilar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan noroziliklar appellyatsiya komissiyasi tomonidan tegişli tartibda körib çiqilib, natijalari özlariga taniştirildi.
Tadbir yakuniga köra, 256 nafar 9-sinf öquvçilari orasidan 20 ta fan böyiça 40 nafar ğolib aniqlandi. Şundan, iqtisodiy bilim asoslari fani böyiça öquvçilar keyingi bosqiçda iştirok qiliş uçun yetarli ball töplay olmadilar. Fanlar olimpiadasida 17 ta fandan iştirok qilgan 168 nafar 10-sinf öquvçilari orasidan 15 ta fan böyiça 32 nafar ğoliblar aniqlandi. Qolgan 2 ta, yaʼni qoraqalpoq tili hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan öquvçilar yetarli ball töplay olmaganligi sababli ğoliblar aniqlanmadi. Şuningdek, 159 nafar 11-sinf öquvçilari 17 ta fan böyiça iştirok qilişib, 38 nafar ğoliblar aniqlandi va keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritdilar.
Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi yakuniga köra, 9-11-sinf öquvçilaridan jami 110 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qiliş huquqini qölga kiritdilar.
Fanlar olimpiadasining 3-bosqiçiga ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining 10 nafar öquvçilari özbek tili va adabiyoti, ingliz tili va matematika fanlaridan töğridan-töğri iştirok etiş huquqiga ega böldilar. Bundan taşqari, 2018-2019 öquv yilida Fanlar olimpiadasining 3-bosqiçida birinçi örinni egallagan 3 nafar 10-sinf öquvçisi ham 2019-2020 öquv yilida 11-sinf öquvçilari bilan birga töğridan-töğri 3-bosqiçga qatnaşiş huquqiga ega bölişdi.
Umumiy hisobda 2019-2020 öquv yilida tuman umumtaʼlim maktablaridan Fanlar olimpiadasining 3-bosqiçida 123 nafar öquvçi iştirok etib, tumanimiz şarafini himoya qiladilar.
Biz tumanimizning bilimdon öquvçi-yoşlariga Fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham ğoliblar safidan joy olişlarida omad tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶