25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:43
Jamiyat 👁 675

YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARGA SOLIQ SOLISh TARTIBI 2020-YIL 1-YaNVARDAN OʻZGARTIRILDI

YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARGA SOLIQ SOLISh TARTIBI  2020-YIL 1-YaNVARDAN OʻZGARTIRILDI

Mamlakatimizda shu yilning 1-yanvaridan boshlab yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga amal qilinadi. Shu munosabat bilan endilikda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga tegishli oʻzgarishlar kiritiladi.

2019-yil 9-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yildagi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 589-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan aktsiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari belgilandi. Shuningdek, mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʻlovining eng kam, mahalliy yigʻimlarning chegaraviy stavkalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ham qatʼiy belgilangan miqdori koʻrsatildi.  Avtotransport vositalari sotib olinganda va vaqtinchalik chetdan olib kirilganda ichki ishlar organlarida ularni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun avtotransport vositalari egalari tomonidan toʻlanadigan yigʻimlar va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududdan tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar stavkalari ham tasdiqlandi.

Taʼkidlash joizki, yagona ijtimoiy toʻlov oʻrniga ijtimoiy soliq, yagona soliq toʻlovi oʻrniga – aylanmadan soliq, qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga – jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qatʼiy belgilangan miqdorda soliq joriy etildi.
Endilikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi 136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi bilan taqdim etilib, belgilangan imtiyozlar va stavkalar 2020-yil 1-aprelgacha amalda boʻladi.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taqdim etilgan imtiyozlar va stavkalarga esa ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amalda boʻladi.

Bozorlar uchun ularni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazgan holda maxsus soliq rejimlari bekor qilindi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab, bozorlar avvalgi soliq toʻlash tartibi,  yaʼni daromadning 50 foizi oʻrniga umumdavlat soliqlarini (agar realizatsiya hajmi 2019-yilda 1 mlrd. soʻmdan oshgan boʻlsa) – yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, qoʻshilgan qiymat soligʻi va 20 foizli oshirilgan stavkada foyda soligʻini toʻlaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashni yoki 2020-yildan boshlab oʻrtacha 25 foizgacha pasaytiriladigan qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni tanlash huquqi beriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining yangi tahririda hisob-varaq-fakturalar qoida tariqasida elektron koʻrinishda rasmiylashtirilishi ham belgilangan.

Soliq organlarining ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni oʻz vaqtida qaytarish uchun javobgarligi kuchaytirildi. Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanktsiyalar summalarini, ushbu summalarni undirish, toʻlash davrida amalda boʻlgan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi.

Soliqlarni hisoblab chiqish va toʻlash boʻyicha ham oʻzgarishlar kiritilgan boʻlib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan  QQSni hisoblab chiqish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi bekor qilinadi. Soliq davri bir oy boʻlganligi uchun 2020-yildan boshlab QQS boʻyicha soliq hisobotlari soliq organlariga ortib bormaydigan yakun bilan taqdim etiladi. Soliq hisobotini taqdim etish va QQS toʻlash har oyda – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Foyda soligʻi boʻyicha  banklar, tsement va polietilen granulalarni ishlab chiqaruvchilar hamda uyali aloqa operatorlari uchun soliq stavkasi 20 foiz miqdorida saqlangan. Bozor va savdo komplekslarida 20 foiz miqdorida soliq stavkasi qoʻllaniladi. Ijtimoiy sohalar va boshqa soliq toʻlovchilar uchun 15 foiz miqdorida stavka oʻrnatilgan. Joriy toʻlovlar uchun maʼlumotnoma taqdim etilmaydi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha esa 2019-yilda amal qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari saqlanib qolinadi. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining asosiy stavkasi – 12 foiz. Dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlarga 5 foiz miqdorida soliq solinadi.

Ijtimoiy soliq boʻyicha soliq stavkasi davlat korxonalariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga, shuningdek, ustav fondida 50 yoki undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslarga va ularning tarkibiy boʻlinmalariga nisbatan 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi.

Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha yagona yer soligʻini bekor qilish va soliq toʻlovchilarning alohida toifasi uchun QQSni majburiy toʻlash kiritilishini hisobga olgan holda, aylanmadan  soliqqa tortilmaydigan shaxslar roʻyxati qayta koʻrib chiqilmoqda. Shu sababli, soliq davrida tovarlar, xizmatlar sotishdan olingan daromadlari 1 mlrd. soʻmdan oshmagan amaldagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda daromadlari 100 mln. soʻmdan oshgan, lekin 1 mlrd. soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashga haqli emaslar.

Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq stavkasi 2 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda. Qurilishi belgilangan muddatda tugallanmagan obʼektlarga nisbatan esa soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanmoqda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi saqlanadi. Yaʼni soliq stavkalari 2019-yil darajasida saqlab qolindi.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatidan kelib chiqqan holda soliqni hisoblash tartibi joriy etiladi. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha ham jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda.

Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchi jismoniy va yuridik shaxslarga soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini taqdim etish muddati 1-martdan kechiktirmay belgilanishi koʻrsatildi. Soliqni toʻlash muddati yiliga ikki marta 15-aprel va 15-oktyabrgacha teng ulushlarga boʻlib belgilandi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda. 2020-yil 1-yanvardan boshlab, alkogol mahsulotlarini (pivo va vinodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun alkogol mahsulotlarini (pivo va vinodan tashqari) ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha 1 kub metr uchun 21 900 soʻm miqdorida, boshqa maqsadlar uchun esa yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha 1 kub metr uchun 410 soʻm hamda yer osti suv resurslari manbalari boʻyicha 1 kub metr uchun 490 soʻm miqdorida belgilanmoqda. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha ham yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda.

Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining elektron nusxasi Moliya vazirligining www.mf.uz va Davlat soliq qoʻmitasining www.soliq.uz saytlarida joylashtirilgan boʻlib, kiritilgan oʻzgarishlar bilan toʻliq tanishib chiqish mumkin.

O.AShIRBAYeV, tuman DSI boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026