VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI
Yaqinda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202 “D” harbiy qism harbiy xizmatchilarining farzandlari orasida rasm chizish boʻyicha koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi. Tanlov ishtirokchilariga “Biz sizlar bilan faxrlanamiz”, “Men ham chegarachi harbiy xizmatchi boʻlaman” degan ikki mavzuda suratlar chizish topshirildi.
“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostidagi “Vatanparlik oyligi” doirasida tashkillashtirilgan tanlovda harbiy xizmatchilarning boshlangʻich sinflarda taʼlim-tarbiya olayotgan 8 nafar oʻgʻil-qizlari ishtirok etishdi.
Shunisi eʼtiborliki, ular chizgan barcha rasmlarda harbiy xizmatchi oila farzandi ekanligidan faxrlanish va otalariga munosib izdoshlar boʻlish tuygʻulari yaqqol sezilib turibdi.
Shu yilning 6-yanvarida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida 9202 “D” va 9202 “K” qismlari harbiy xizmatchilari oila aʼzolari uchun tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi. Yarmarkada harbiy xizmatchilarning faol ish izlayotgan oila aʼzolari ishtirok etdilar va tumandagi korxona-tashkilotlarda mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ikki nafar harbiy xizmatchining turmush oʻrtogʻiga mutaxassisligiga mos, yashash hududidagi yaqin maktablarga ishga joylashishga tavsiya berildi.
Fazliddin MAHAMMADIYeV,
harbiy xizmatchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶