TINÇ-OSOYIŞTA YuRTDAGINA ODAMLAR BAXTIYoR YaŞAYDI
Bolaligimdan harbiy bölişni, harbiy libos kiyib, maşaqqatlardan tap tortmay, Vatanimizni qöriqlaşni orzu qilardim.
Niyating – yöldoşing, deganlari haq gap ekan. Maktabni tugatib, Toşkent Oliy harbiy umumqöşin qömondonlik bilim yurtiga öqişga kirişga muvaffaq böldim. Öqib yurgan davrlarimda ham, Şarqiy-harbiy okrugda xizmat qilgan davrlarimda ham metindek tartib-intizom, jangovar amaliyotlar, masʼuliyatli kasbim meni heç orzularimdan uzoqlaştirmadi.
Keyinçalik tumanimizga qaytib, Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kollejida çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi bölib işlagan davrimda könglimdagi Vatan himoyaçisi degan faxr va masʼuliyat tuyğusini öquvçilarimga ham singdirişga, yigitlik şaʼnini yuksak tutib yaşaşiga erişişga intildim. Tinç-osoyişta yurtda yaşagan insongina çinakam baxtiyor böla olişini, bu vazifa yurt öğlonlari zimmasida ekanligini örgatdim. Natijada kollej öquvçilari “Yoş çegaraçilar” harbiy vatanparvarlik musobaqasining uç marta Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi, ikki marta mamlakat bosqiçi sovrindori bölişdi.
Hozirgi kunda ular turli oliygohlarda tahsil olişmoqda, yetuk kadrlar bölib yetişişga intilişmoqda.
2019-2020 öquv yilidan boşlab, 6-sonli umumiy örta taʼlim maktabida çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi bölib işlayapman. Dastlabki erişgan natijalarim yomon emas. Mazkur fanni öqitişning öziga xoslik tomonlari bor. Xususan, yoşlarni milliy ğoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularning qalbiga Vatan himoyasi har bir yigit uçun şarafli burç ekanligini singdiriş, ota-bobolarimiz hoki yotgan şu aziz göşamizning ravnaqi va mustaqilligi yölida kuraşgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlaniş, ulardan ibrat olişga yönaltiriş asosiy vazifa bölib hisoblanadi. Şuningdek, Vatan himoyaçisi böliş yölidagi ilk könikmalar şakllantiriladi, harbiy xizmatda foydalaniladigan zamonaviy qurol-aslahalar, milliy armiyamizda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan taniştirilib boriladi.
Maktabimiz öquvçilari orasidan kelgusida yurt koriga yaraydigan, tinç-osoyiştaligi uçun kuraşadigan vatanparvarlar yetişib çiqişiga harakat qilayapman.Fursatdan foydalanib, barçani Vatan himoyaçilari kuni bilan tabriklayman.
Laziz MATSAFOYeV,
6-sonli maktabning çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶