NODIRBEK HARBIY XIZMATChI BOʻLIB, YuRTIMIZ SARHADLARINI HIMOYa QILMOQChI
Nodirbek bolaligidan televideniyeda namoyish etiladigan harbiy mavzulardagi koʻrsatuvlarni, badiiy filmlarni qiziqib tomosha qilardi, tomosha qilgani sayin koʻnglida ulgʻayib, harbiy xizmatchi boʻlish, sabot, matonat bilan yurtimiz sarhadlarini qoʻriqlash orzusi mustahkamlanib borardi.
Shuning uchun ham 2018-2019 oʻquv yilida 39-sonli maktabning 9-sinfini tugatib, Urganch shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyiga hujjat topshirdi va test sinovlarida eng yuqori ball toʻplashga erishdi.
U ayni kunda litseyning faol va bilimdon, intiluvchan oʻquvchilarining biri. Qangli ovulida tugʻilib oʻsgan oʻsmir yigitning bunday yutuqlarga erishishi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlaydigan onasi Muqaddas Rajabova, Qoraqalpogʻiston Respublika nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi “Mangʻit-Nazarxon arna” Amudaryo boʻlimida ishlovchi dadasi Ahmadboy Fozilovlarning farzandlarini ilmli, odobli va yurtiga fidoyi qilib tarbiyalash borasidagi saʼy-harakatlarining natijasi, desak mubolagʻa boʻlmas. Boisi, Nodirbekning opasi – oilaning toʻngʻich farzandi Shahzoda ham Nukus davlat Pedagogika institutining xorijiy filologiya fakultetida aʼlo baholarga oʻqiyapti.
Farzandingning yaxshi kunlarini koʻrishdan ulkan baxt yoʻq ota-ona uchun. Buni, ayniqsa, Nodirbek “Temurbeklar maktabi”da qasamyod qabul qilgan damlarda chuqur his qildim. U litseyni tugatib oliy harbiy bilim yurtda oʻqib, yurtimizga xizmat qilmoqchi, – deydi uning dadasi Ahmadboy Fozilov.
Biz Nodirbekning orzulari ushalishiga tilakdosh boʻlib qolamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶