22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:23
Fan va taʼlim 👁 416

“Yangi yilim, yaxshi yilim” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi

“Yangi yilim, yaxshi yilim”  deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi

Yangi yil cheksiz quvonch, shod-u xurramlik, shodiyonalar bilan kutib olinadi. Yurtimizning barcha hududlarida yangi yilning kirib kelishini munosib kutib olish maqsadida qizgʻin tayyorgarlik koʻriladi. Ayniqsa, bolajonlar, kichkintoylar ushbu bayramni oʻzgacha zavq bilan qarshi olishadi. Chunki bolalar uchun ham, kattalar  uchun ham bu bayram yanada qiziqarli va jozibadorligi bilan boshqa bayramlardan ajralib turadi.

Tumanimizda ham Yangi yil bayrami munosabati bilan bezatilgan archa atrofida turli tadbirlar, katta bayram tomoshalari tashkil etildi. Rang-barang musiqiy dasturlar, turli intellektual oʻyinlar, qiziqarli tomoshalar namoyish etilib, bolajonlar eʼtiboriga havola etildi.

Yangi yil bayrami arafasida 36-sonli maktabda ham katta tayyorgarlik koʻrildi. Maktab va sinf xonalari yangi yilga xos tarzda, bayramona bezatildi. Oʻquvchilar esa yangi yilga bagʻishlab maktabda oʻtkazilgan katta tadbirda teatrlashtirilgan musiqiy dastur namoyish etishdi va  bayramga yanada fayz kiritib, barchaning olqishiga sazovor boʻlishdi. Turli qoʻshiqlar, raqslar ijro etib, xush kayfiyat ulashishdi.

Maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham “Yangi yilim, yaxshi yilim” deb nomlangan alohida bayram tadbiri oʻtkazildi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ushbu tadbirda yangi yil bayramiga bagʻishlangan musiqiy dastur namoyish etildi. Unda asosan 2-“V”sinf oʻquvchilari faol qatnashishdi. Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari, masxaraboz libosidagi oʻquvchilar bayramona bezatilgan sahnada kuy-qoʻshiqlar, raqslar, yangi yil haqida sheʼrlar ijro etdilar. Oʻquvchilar ijrosidagi “Assalom, Yangi yil!” qoʻshigʻi, “Masxaraboz”, “Xush kelibsan, Yangi yil” raqslari tomoshabinlardagi bayramona ruhni yanada koʻtardi va tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi. Oʻquvchilardan Behruz Bahodirov, Qunduz Jumamurodova, Joʻshqin Yoʻldoshev, Azizbek Farhodov, Zilola Adilboyevalarning ijrolari barchaga juda manzur boʻldi. Ayniqsa, topishmoq va tez aytishlar, turli qiziqarli oʻyinlarda tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar ham zavq bilan ishtirok etdilar. Oʻz navbatida oʻqituvchilar va ota-onalar oʻquvchilarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, oʻqishlarida muvaffaqiyat tiladilar. Bayramga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir  barchaga esda qolarli daqiqalarni hadya etdi.

Yangi yil — nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat boʻlishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Bu kunda ular bolalik atalmish ertakning bosh qahramoni — Qorbobo bilan uchrashadi. Bolajonlar oʻzlari sevib oʻqiydigan ertaklaridagi qahramonlarning sarguzashtlari, ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi aks etgan sahna koʻrinishlari jamlangan bayram tomoshalarini koʻrishadi. Birgalikda xursandchilik qilishadi va turli sovgʻalar olishadi.

Saragul Yusupova, 36-sonli maktabning

boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026