INGLIZ TILI BILIMDONLARI BELLAShDILAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi” Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1875-sonli qaroriga binoan 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida chet tillarni, asosan, ingliz tilini oʻrganish umumtaʼlim maktablarining birinchi sinflaridan oʻyin tarzidagi darslar va ogʻzaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa alifbo, oʻqish va grammatikani oʻzlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlandi. Ushbu saʼy-harakatlar boshlangʻich sinfdanoq oʻquvchilarning ingliz tiliga qiziqishi ortishiga zamin boʻlayotir.
Shu yilning 8-yanvarida oʻquvchilarning umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻkuv dasturi asosida olgan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish, nutqini rivojlantirish, til oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishiga erishish maqsadida 38-sonli maktabda ingliz tili fanidan 2-sinflar oʻrtasida “AVS PARTY” nomli tadbir oʻtkazildi.
Bundan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarning ingiz tili alifbosini oʻqib, yozib, oʻrgangan bilimlarni aniqlash, ularning fanga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish, faolligini oshirishdir. Kechani maktabning ingliz tili fani oʻqituvchilari Nodira Qurbonboyeva va Yulduz Roʻzmetovalar tashkil qildilar.Tadbir 5 ta shartdan iborat boʻlib, ilk shartni ishtirokchilar oʻzlarini tanishtirishdan boshladilar.Tadbirda oʻquvchilardan tuzilgan jamoalardan biri harflar, ikkinchisi esa raqamlar timsolida sahnaga chiqib, harflar va raqamlardan boshlanadigan, aynan shu harf yo son ahamiyatini anglatuvchi sheʼrlar aytdilar.
Ikkinchi shartda esa safda turgan oʻquvchi oʻqituvchi eʼlon qilgan harfni sharga yopishtirilgan harflar ichidan topishi kerak edi. Aynan shu shart oʻquvchilarning ingliz tili alifbosini qay darajada oʻzlashtirganliklarini koʻrsatib berdi. Tabiiyki, shart qizgʻin bellashuvlar, gʻoliblik uchun kurashlar bilan juda hayajonli boʻldi.“Siz ranglarni farqlay olasizmi?” deb nomlanuvchi uchinchi shartda oʻquvchilarga oldindan tayyorlangan kamalak shaklidagi turli rangli qogʻozlardan oʻqituvchi eʼlon qilgan rangni topish topshirildi.
Ingliz tilidagi 26 ta harf yozilgan 26 ta qogʻoz boʻlakchalari aralashtirilganidan soʻng harflarni topib, oʻqituvchi aytgan soʻzni jamlash shartini ham oʻquvchilar hech qiynalmay ado etdilar.
Beshinchi shartda esa oʻquvchilarga qogʻozga ingliz tilida yozilgan ranglar bilan rasmlarni boʻyash topshirigʻi berildi.Oʻquvchilarning barcha shartlarni qay darajada ado etganliklarini tajribali oʻqituvchilardan tuzilgan hakamlar hayʼati odilona baholab bordilar. Natijalarga koʻra, har ikkala jamoa ham 23 balldan toʻplab, durang natija qayd etildi va doʻstlik gʻalaba qozondi. Eng muhimi, ushbu bellashuvga oʻquvchilar qizgʻin tayyorgarliklar koʻrishdi, ingliz tilida sheʼrlar yodlashdi va hamkorlikda gʻoliblik uchun intilishdek maqsadni oʻz oldlariga qoʻydilar. Oʻquvchilar bu kabi ijodiy izlanishlar yaxshi samara berishini chin koʻngildan his qildilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶