QUŞ UYaSIDA KÖRGANINI QILADI...(MI)
Qiz bola bölğusi oila bekasi, kelajagimiz egalari, degan sözlar millatimiz davomçilari bölmiş qizlarni jamiyatga munosib insonlar qilib voyaga yetkazişga çaqiriqday tuyuladi mening nazarimda. Çindan-da bu hayotda hammaning ham öz örni bor. Ayniqsa , ayolning oila tinç- totuvligini, hamjihatligini taʼminlaşdagi, farzand tarbiyasidagi rolini heç narsaga qiyoslab bölmaydi. Donişmandlarimiz ayolning farzand dunyoga keltirişidagi çekadigan azobini ikki dunyo oraliği, deya taʼriflaşgan, uni voyaga yetkazguniça tortadigan zahmatlarini esa boqiy dunyo rahmatiga sazovor bölişga arzigulik amallarga mengzaşgan.
Qizlarni ana şunday eʼtiroflarga, şaraflarga loyiq qilib tarbiyalaşda onalarning roli ulkan. Boisi quş uyasida körganini qiladi deganlariday, qizlar köpinça öz uyida onasidan körganlaridan andoza olib ulğayadi. Şuning uçun onalar qizlariga ibo- hayoni,kiyiniş madaniyatini, muomala madaniyatini kiçkinaligidan singdirib, özlari ularga namuna bölib borişlari kerak. Odobing sening ziynating, xuşxulqli qiz elda obröli böladi, deb uqtirib, öz körsatmalarining ijrosini nazorat qilib borsa, tabiiyki bu kelajakda öz mevasini beradi.
Farzand, ayniqsa, qizlar tarbiyasi köp qirrali mehnatni talab qiladi. Bunda maktab taʼlim- tarbiyasining, maktabda darsdan taşqari ötilgan maşğulotlarda olingan bilimlarning örni katta. Maktab boşlanğiç xotin - qizlar taşkilotlari bu borada faol faoliyat yuritib, odob –axloq, sözlaşiş, kiyiniş, jamoat orasida özini tutiş madaniyati haqida tez- tez suhbatlar ötkazib borişsa, albatta, öquvçilarga ijobiy taʼsir körsatadi.Bunday tadbirlarda faqat ustoz maʼruza qilib, maslahat beraversa, öquvçi eʼtiborini tortiş qiyin. Aksinça, zeriktirib qöyadi. Şuning uçun tadbirda öqituvçi özi söz yuritayotgan mavzu yuzasidan öquvçilarning fikrini ham bilişga qiziqsa, bayon etilgan fikrlardan tegişli xulosa çiqarib, tavsiya qilsa, kutilgan natijaga erişiş mumkin. Sözimning xulosasi sifatida şuni taʼkidlamoqçimanki, maqsadimiz yoşlarni komil insonlar qilib tarbiyalaş ekan, bu yöldagi işlarni ota – onalar bilan mustahkam hamkorlikda , bamaslahat olib borsak, maqsadimizga yetamiz.
Xolbika TLENBOYeVA, 76-sonli maktab öqituvçisi,
boşlanğiç xotin- qizlar taşkiloti raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶