“Ana tilim – milliy maqtanishim”
30-noyabr kuni 76-sonli umumtaʼlim maktabida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilishiga oʻttiz yil toʻlishi munosabati bilan “Ana tilim – milliy maqtanishim” mavzusida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabimiz oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni qoraqalpoq tili fani oʻqituvchilari Kalbika Tlenbayeva, Shirin Jumabayeva, Gulnoza Masharipova, Elmira Saparovalar tashkil etishdi. Tadbirni maktabimiz oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari F.Shukurlayev ochdi va qoraqalpoq tili bayrami bilan barchani tabrikladi. Tadbirni 10-”B”sinf oʻquvchisi Iroda Yoʻldosheva va 8-“A”sinf oʻquvchisi Nargiza Oʻrozbayevalar olib borishdi.
Tadbirda Qoraqalpoq tili Nizomi boʻyicha bilimlar bahsi boʻldi hamda Qoraqalpoq tili toʻgʻrisidagi sheʼrlar ifodali aytildi. Soʻngra davrada 7-“B” sinf oʻquvchilari tomonidan Qoraqalpoq tilida naql-maqollar jarangladi. 7-“A” sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi ham namoyish etildi. Tadbir davomida “Agʻayin boʻlayiq”, “Qoraqalpogʻim”, “Qiz quvuv” qoʻshiqlariga guruhlar raqsi ijro etildi. Tadbir soʻnggida 3-“B”sinf oʻquvchilari Jahongir Bekbergenov va Umidbeklar tomonidan “Oʻzbekiston” qoʻshigʻi yangradi. Ularga maktabimiz oʻquvchilari Vatanimiz bayroqchalarini koʻtarib joʻr boʻlishdi.
Tadbir soʻnggida maktabimiz oʻqituvchilari va ota-onalar soʻzga chiqishib, ushbu tadbirni tayyorlagan qoraqalpoq tili fan oʻqituvchilariga minnatdorchilik bildirishdi, shunday zukko va iqtidorli oʻquvchilar borligidan faxrlanishganini aytib oʻtishdi. Tadbir barchada chuqur taassurot qoldirdi.
Elmira SAPAROVA, 76- sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶