Iqtisodiy sud tomonidan joriy yilning töqqiz oyida 73,8 foiz işlar sayyor sudlarda körildi
Mamlakatni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlaridan biri sud tizimini izçil demokratlaştiriş, sud hokimiyatining mustaqilligi töğrisidagi konstitutsiyaviy normalariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Ş. Mirziyoyev aytganidek, sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirişdan iborat. Mamlakatimizda 2016-yil 21-oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni asosida mazkur sohadagi davlat siyosati sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi. Mazkur Farmon asosida sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş hamda odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş singari uçta asosiy ustuvor yönalişlar belgilab berildi.
Şuningdek, Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli “Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça “Harakatlar strategiyasi töğrisida”gi Farmoniga muvofiq qonun ustuvorligini taʼminlaş va sud-huquq tizimida yangi islohotlar amalga oşirila boşladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar höjalik sudlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar iqtisodiy sudlari tarzida özgartirildi. Şundan söng, tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilişga qaratilgan iqtisodiy sudlar faoliyati yölga qöyildi. Şu bilan birga mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik subʼektlarining ortib borişini hisobga olgan holda işlarni birinçi instantsiyada körib çiqişga vakolatli bölgan tumanlararo, tuman, va şahar iqtisodiy sudlari taşkil etildi.
Tuman Iqtisodiy sudi tomonidan joriy yilning töqqiz oyida barça işlarning qariyb 73,8 foizi sayyor sudlarda körib çiqildi. Bundan taşqari, aholi bilan 233-marta uçraşuv va oçiq muloqotlar ötkazildi.
Iqtisodiy sudning faoliyati iqtisodiyot sohalaridagi qonunçilikni mustahkamlaş, odil sudlov sifati va samaradorligini oşiriş, sud-huquq tizimini isloh qiliş, sud mustaqilligi va taʼsirçanligini taʼminlaşga qaratilgan bölib, tadbirkorlar va kiçik biznes subʼektlari huquqlarini himoya qiliş borasida bir qator işlar amalga oşirildi. Şuningdek, aholining huquqiy ongini oşiriş borasida ham qator tariğibot-taşviqot işlari ötkazildi.
Umuman olganda, sud tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalari mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini, aholining odil sudlovga bölgan işonçini, tadbirkorlik subʼektlarining sud himoyasiga erişiş darajasini yanada yuqori bosqiçga olib çiqadi.
T.Uzakbayeva,
tuman Iqtisodiy sudi sudya yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶