Maqsadimiz aholiga munosib turmish sharoitini yaratish
Yurtimizda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari mulkdorlarining qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini hisobga olgan holda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda.
Yaʼni fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olingan yer uchastkalari evaziga mahalliy byudjetdan yetarli darajada kompensatsiya pullari toʻlab berilmoqda.
Alohida taʼkidlash joizki, mazkur jaryonlar Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-5491-sonli farmoyishi va Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxsalrga yetkazzilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 1047-sonli qarori asosida tartibga solingan.
Qoraqapogʻiston Pespublikasida soʻngi ikki yilda jami 438 ta obʼekt davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun ajratilib, shundan 36 tasi noturar,
402 tasi turor joy obʼektlaridir.
Ushbu yer uchastkalarining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun foydalanilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida esa Qoraqapogʻiston Pespublikasi mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan jami 58 mlrd.16,4 mln.soʻm mablagʻlari ajratildi.
Albatta, kundan-kun yangilanib borayotgan yurtimizda obodonlashtirish va qurilish, jumladan bunyodkorlik ishlari davom etadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — aholiga munosib turmish sharoitini yaratishdir.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶