UÇASTKALAR SAYLOVGA TAYYoR!
Amudaryo tumanidagi barça saylov uçastkalarida 22-dekabr kuni bölib ötadigan saylovlarga qonun talablariga muvofiq puxta hozirlik körildi. Uçastka saylov komsissiyalari aʼzolari saylovlarni aholining ijtimoiy faollik ösgan, fuqarolarning amaldagi islohotlarga, siyosiy partiyalarga talabçanligi oşgan bir şaroitda qonun talablari asosida ötkazişga qizğin hozirlik körmoqdalar.
Navoiy nomli mahalla hududidagi 30-sonli maktabda joylaşgan 79-saylov uçastkasida 2 ming 831 nafar saylovçi röyxatga olingan.
Uçastka saylov komissiyasi joylaşgan bino qonunçilikda belgilangan talablar asosida jihozlandi. Şuningdek, zarur texnika vositalari – telefon, faks, nusxa köçiriş apparati va tegişli adabiyotlar bilan taʼminlandi. Ovoz beriş kabinalari, statsionar va köçma saylov qutilari tayyorlandi. Saylov qonunçiligiga oid maʼlumotlar, saylovçilar huquq va majburiyatlari töğrisidagi tarğibot vositalari körinarli joyga osib qöyildi.
Uçastka saylov komissiyasi raisi Quvvatboy Niyozov, masʼullari Azimboy Dusçanov, Raşid Davletov hamda boşqa aʼzolari saylovlarning oçiq, oşkora va xolislik mezonlari asosida yuqori saviyada, uyuşqoqlik bilan ötişini taʼminlaş maqsadida saylovçilarga qulay şart-şaroit yaratişga harakat qildilar.
Tarğibot-taşviqot tadbirlari taşkil qilinib, hududdagi saylovçilarga yangi Saylov kodeksi, siyosiy partiyalar, fuqarolarning huquq va burçlari, muddatida avval ovoz beriş tartibi töğrisida batafsil tuşunçalar berildi.
Saylovçilarning yagona elektron röyxati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot negizida şakllantirildi va uyma-uy yuriş jarayonida unga aniqlik kiritildi.
Tuman Madaniyat bölimida joylaşgan 80-sonli saylov uçastkasida ham komissiya raisi Şuhrat Yusupov va masʼullar Tursunboy Serikboyev, Öktam Yangiboyevlar saylovga tayyorgarlikni saylovçilarning yagona elektron röyxati bilan şuğullanişdan boşlaşdi. Komissiya aʼzolari uyma-uy aylanib, saylov huquqiga ega bölgan 2 ming 836 nafar fuqaroning maʼlumotlarini “Yagona elektron röyxat” bilan soliştirib çiqdilar.
Şuningdek, deputatlikka nomzodlarning saylov kampaniyasida iştirok etişlari uçun teng şaroitlarni taʼminlaş va saylovçilar bilan uçraşuvlarini taşkil etişga kömaklaşiş, işonçli vakillarini röyxatga oliş, tegişli guvohnomalar beriş işlariga ham komissiya tomonidan alohida eʼtibor qaratildi.
Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji binosida joylaşgan 83-sonli saylov uçastkasi ham 22-dekabr kuni ötkaziladigan saylovlarga tayyor holatga keltirildi.
Uçastka saylov komissiyalari zaruriy vositalar, adabiyotlar bilan taʼminlanib, saylovçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratildi. Saylov komissiyasi aʼzolari adliya organlarining mutaxassislari bilan birgalikda hududdagi mahallalar, korxonalar, taʼlim muassasalarida saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkazdilar. Undan taşqari, saylovçilarining huquqiy bilimini yanada yuksaltiriş va saylov madaniyatini oşiriş, Saylov kodeksining mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş, aholining öz konstitutsiyaviy huquqlaridan töğri foydalanib, saylovlarda faol iştirok etişiga va daxldorlik tuyğusini kuçaytirişga eʼtibor qaratildi.
Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumanidagi barça saylov uçastkalari mamlakatimiz hayotidagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqea – bölajak saylovlarga töliq tayyor holatga keltirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶