“MADHIYaMIZNI KUYLAYMIZ” TADBIRI BOʻLIB OʻTDI
Davlat madhiyasi – xalq orzu-umidlari, kuch-qudratini oʻzida mujassam etgan. Xalq va millat yuragiga yozilgan qoʻshiq. Unda ERK,HURLIK, ADOLAT va BAXT-SAODAT tarannum etiladi. Madhiya yangragan lahzalarda qalblarda vatanparvarlik, elparvarlik, kindik qoni tomgan tuproqqa cheksiz mehr-muhabbat tuygʻulari yanada joʻsh uradi. Xalq bilan Vatanning mangu jipsligi namoyon boʻladi.
Bundan 27-yil muqaddas Mustaqil Oʻzbekiston xalqi tarixida dillarda kelajakka ishonch, oldinga tashlanayotgan har bir qadamga kuch-qudrat baxsh etuvchi quvonchli, tarixiy voqea yuz berdi. 1992-yil 10-dekabrda Mustaqil Oʻzbekistonning davlat madhiyasi qabul qilindi. Mutavakkil Burxonov musiqasi, Abdulla Oripoa sheʼri bilan ilk marta jaranglagan davlat madhiyasi 27-yildirki, dunyoning barcha qitʼalarida qayta-qayta yangramoqda. Ilmda, sanʼat va sportda yuksak natijalarni qoʻlga kiritayotgan Oʻzbekiston yoshlarining kuch-qudrati, barkamolligi sharafiga yangrayotgan madhiyamiz orqali oʻzbek xalqi bugun jahonda oʻz nufuziga ega xalq va millat sifatida tanilib ulgurdi.
Ayni kunlarda tumanimizdagi oʻquv muassasalarida va jamoat tashkilotlarida, madaniyat hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston davlat madhiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
10-dekabr kuni 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Madhiyamizni kuylaymiz” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Milliy gʻoya, vatan tuygʻusi va odobnoma fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda maktabning uslub birlashma rahbari Goʻzal Qaipova, Milliy gʻoya fani oʻqituvchisi Xosiyat Qutimova, huquq fani oʻqituvchisi Adolat Davekova hamda tarix fani oʻqituvchisi Maʼrifat Rajabovalar Oʻzbekiston davlat madhiyasining yaratilish tarixi va uning xalqimiz hayotida tutgan oʻrni haqida oʻquvchi-yoshlarga batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston madhiyasi yangrab, oʻquvchi-yoshlar madhiya ohanglariga joʻr boʻlib kuyladilar. Madhiyamizni madh etuvchi meʼrlar aytishib, qoʻshiq va raqslar ijro etdilar.
Milliy gʻoya, vatan tuygʻusi va odobnoma fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchi-yoshlar qalbida ona yurtga cheksiz mehr-muhabbat, oʻzaro mehr-oqibat, xalqparvarlik, milliy gʻurur tuygʻularini yanada mustahkamladi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶