“Konstituttsiya –baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi yurtimizda keng nishonlandi.
7-dekabr kuni 13-sonli umumtaʼlim maktabida ham ushbu muhim sana munosabati bilan “Konstituttsiya – baxtimiz qomusi“ mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirni maktabning 10-sinf oʻquvchilari Dilshodbek Tilovboyev va Mohinur Rajapovalar olib bordilar. Maktab direktori M.Haybullayev tadbirni ochib berdi va barchani bayram bilan tabrikladi. U oʻz soʻzida qomusimizda belgilangan fuqarolarning huquq va burchlari haqida batafsil soʻzladi. Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari M.Haytakov, maktab psixologi E.Yusupov, tarix fani oʻqituvchisi B.Saidovlar ham oʻquvchilarni bayram bilan tabrikladi. Tarix fani oʻqituvchisi B.Saidov Konstitutsiyadagi moddalarga umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari, rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy amaliyoti hamda oʻzbek davlatchiligi anʼanalari, milliy urf-odatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalari va insonparvarlik gʻoyalari chuqur singdirilganligini aytib oʻtdi.
Tadbirda maktab oʻquvchilari vatanimizni, asosiy qomusimizni madh etuvchi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari, qoʻshiqlar va raqslar ham namoyish etdilar.
Aziza Ahmedova,
13-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶