Konstitutsiya kuni munosabati bilan maʼnaviyat darslari ötkazildi
Umumtaʼlim maktablarida öquvçilarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ongu-tafakkurini boyitiş, dunyoqaraşini kengaytiriş uçun muntazam ravişda turli mavzularda maʼnaviyat darslari ötkazilib boriladi.
Konstitutsiyamizning 27 yilligi munosabati bilan 36-sonli maktabda ham navbatdagi maʼnaviyat darslari taşkillaştirildi. Unda Boş qomusimiz va qonunlarning mazmun-mohiyatini öquvçilar ongiga singdiriş, ularning huquqiy savodxonligi, madaniyatini oşiriş maqsadlari közlandi.

Maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Saragul Yusupova ham özi dars berayotgan 2-“B”sinfda maʼnaviyat darsini ötkazdi. Darsni öquvçilar Özbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boşlaşdi. Şundan söng, Saragul Yusupova öquvçilarni yurtimiz taraqqiyoti, tinç va farovon kunlarimiz poydevori bölgan asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligi bilan qizğin qutladi. Boş Qomusimiz – bu istiqlol va mustaqil Özbekiston ramzi, ğurur-iftixori, şu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi va tilidan qatʼiy nazar, barça uçun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyati istiqbolini belgilab beruvçi dasturilamal hujjat ekanligini keng tuşuntirdi. Şuningdek, öquvçilarga yaqin kunlar içida bölib ötadigan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon – saylovlar, partiyalar, körsatilayotgan nomzodlar, fuqarolarning huquq va burçlari xususida ham maʼlumot berib ötdi. Dars davomida öquvçilar Vatan haqida maqollar, şeʼrlar aytib berdilar.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan ötkazilgan maʼnaviyat darsi öquvçilarga juda manzur böldi.
Nigora Bozorboyeva, 36-sonli maktab yoşlar yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶