16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 18:20
Siyosat 👁 553

Deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

Deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

Saylov demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, xalqning oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishi, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy hayoti, jamiyat va davlat boshqaruvida, davlat hokimiyatini shakllantirishda bevosita ishtirokining asosiy shaklidir.

Yaqinlashib kelayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari shahar hamda tuman kengashlari deputatligiga saylov jarayoniga tayyorgarlik ishlari qizgʻin tus olmoqda. Partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar hamda ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlar, yigʻilishlar tashkil qilishmoqda. Bunday uchrashuvlarda saylovchilar nomzodlarning tarjimai hollari hamda saylovoldi dasturlari bilan tanishmoqdalar. Qolaversa, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishmoqda.

Tumanimizda shunday tadbirlardan biri 13-dekabr kuni Choykoʻl madaniyat uyida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 26-Choykoʻl saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Libera-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod – tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshevning ishonchli vakili Muqaddas Beknazarova, “Millik tiklanish” demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Rahmatullo Matqurbonov, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Sayyora Jumammuratova, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Bahodir Rajabov hamda uning ishonchli vakili Sanobar Nurmonova, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Shukurullo Yusupovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda nomzodlarning ishonchli vakillari soʻzga chiqib, ularning mehnat faoliyati va saylovoldi dasturlari haqida maʼlumotlar berdi. Nomzodlar esa oʻz maʼruzalarida kelgusida amalga oshirijak ishlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Taʼkidlash kerakki, mamlakatimizda saylov huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa hujjatlarda oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, ushbu qonun hujjatlarida fuqarolarning saylov huquqi umumiy, teng, toʻgʻridan toʻgʻri va yashirin ovoz berish printsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Saylash huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar. Teng saylov huquqi deganda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng ovoz berishda ishtirok etishi tushuniladi.

Joriy yilgi saylovlarni ham Konstitutsiya, Saylov Kodeksi va qonunlarda koʻrsatilgan tamoyillar asosida, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan oʻtkazish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda. Choykoʻl ovulida oʻtkazilgan uchrashuv ham saylovchilarning nomzodlar faoliyati bilan yaqindan tanishishlari hamda ularning saylov qonunchiligidan xabardorligini oshirishda muhim vosita boʻldi. Saylovchilar mazkur siyosiy jarayonning ahamiyati hamda saylov tizimi haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlibgina qolmay, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Nomzodlar saylovchilarni mamlakatimiz tarixida muhim oʻrin tutadigan siyosiy jarayonda oʻz sisyosiy huquqlaridan oqilona foydalangan holda faol ishtirok etishga chaqirdi. Zero, saylovlarda har bir saylovchining ovozi muhim ahamiyatga ega.

Charos ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026