“QORAQALPOQ TILI – MILLAT KOʻRKI VA QADR-QIMMATIM!” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy, musiqiy tadbirlar koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda. Boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar qoraqalpoq tilining tarixi, qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi, shu tilda ijod etgan va qoraqalpoq tilining qudratini oʻz asarlarida namoyon qilgan qoraqalpoq adiblari, shoirlari haqida toʻlqinlanib soʻzlashayotgani dillarda faxr-u iftixor uygʻotadi.
3-sonli umumtaʼlim maktabida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga 30-yil toʻlishi munosabati bilan boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy tadbir ham joʻshqin ruhda oʻtdi. “Qoraqalpoq tili – millat koʻrki va qadr-qimmatim!” shiori ostida oʻtgan tadbirning ochilish marosimida maktab direktori Z.Ayimbetova soʻzga chiqib, barchani ushbu qutlugʻ sana bilan tabrikladi va Qoraqalpogʻistonda qoraqalpoq tili oʻzbek tili bilan birgalikda xalqimizning eng katta maʼnaviy boyligi, aloqa vositasi, shu bilan birga millatlararo totuvlik, hamjihatlik razmi ekanligini taʼkidladi.
Shundan soʻng maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari G.Allambekova til bayrami tadbiri ishtirokchilarini maktabda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, erishilgan yutuqlar bilan tanishtirdi.
Maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Z.Seyitbekova, oʻqituvchilardan F.Yendirboyeva, J.Turgʻanboyeva, faxriy ustozlardan G.Atamuratova, K.Kutisheva, G.Yesqabulovalar qadimiy va jozibador qoraqalpoq tilning qoraqalpoq xalqi hayotida tutgan oʻrni haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.
Tadbirda oʻquvchi-yoshlar qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodidan namunalar oʻqidilar, xalq ertaklari, qoʻshiq va oʻlanlari asosidagi sahna asarlarini mahorat bilan ijro etdilar. Shuningdek, qoraqalpoq tilidagi soʻz oʻyinlari, biri-biridan jozibali raqslari bilan tadbir ishtirokchilariga olam-olam zavq bagʻishladilar. Qoraqalpoq tilida jaranglagan sheʼr va qoʻshiqlar oʻquvchi-yoshlar qalbida xalqlar doʻstligi, millatlararo totuvlik tuygʻularini yanada yuksaltirdi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶