FAN OYLIGI YaKUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI
75-sonli maktabda yaqinda rus tili - fan oyligi yakunlanishi munosabati bilan «Kitob bizning doʻstimiz» shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktabimizning barcha sinflari oʻquvchilari faol qatnashdilar. Oʻquvchilarni kitob oʻqishga undash, ularning boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil qilish, shu bilan birga rus tili faniga qiziqtirish va nutqi ravonligini oshirish tadbirimizning asosiy maqsadi edi.
Tadbirda oʻquvchilar dastlab «Men sevgan ertak qahramonlari» rukni ostida oʻz chiqishlarini namoyish etdilar. Maktabimizning 4-sinf oʻquvchilari «Sholgʻom» rus xalq ertagini va 6-sinf oʻquvchilari I.Krilovning «Ninachi va chumoli» masalidan lavha, shuningdek A.Pushkinning ertaklari qahramonlarini sahna koʻrinishida jonlantirdilar. A.S.Pushkin ijodidan ijro etilgan sheʼrlar har bir oʻquvchida ulkan taassurotlar qoldirdi. Musiqiy chiqishlar, rus milliy qoʻshiqlari, raqslari, ijrolari tadbirga alohida joziba baxsh etdi.
Tadbirda faol qatnashgan oʻquvchilar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Ziyoda Rajabova,
75-sonli maktabning rus tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶