25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 19:43
Jamiyat 👁 648

TILI VA KOʻNGLI BIR XALQLARMIZ

TILI VA KOʻNGLI BIR XALQLARMIZ

Qoraqalpoq tili oʻzining jozibadorligi, sinonimlarga, sermazmun iboralarga va qochirimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida qoraqalpoq tilida soʻzlashuvchi qoraqalpoq millatiga mansub insonlar yashashadi. Bugungi kunda qoraqalpoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 600 ming kishidan ziyodroqni tashkil etadi.

Qoraqalpoq tili – turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub boʻlib, qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. 1989-yil 1-dekabr sanasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birgalikda) Qoraqalpogʻistonda, shuningdek Xorazm, Navoiy Buxoro viloyatlari, Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afgʻonistonda ham keng tarqalgan.

Jurnalist Ye.Qanaatov muallifligidagi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi saytida chop qilingan maqolada aytilishicha, dastlab qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab imlosi asosida 1924-yilda shakllantirilgan. Davr taqozosi, ijtimoiy-siyosiy evrilishlarga koʻra, 1929-40-yillarda lotin, 1940-yildan 1994-yilgacha kirill imlosi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1994-yildan qoraqalpoq yozuvi yana lotin imlosiga oʻtkazilgan.

Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq tili alifbosidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida 2009 va 2016-yillarda oʻzgartirishlar kiritilib, ushbu oʻzgartirishlar asosida 23 mingta soʻzdan iborat qoraqalpoq tilining imlo lugʻati tayyorlandi va ushbu imlo lugʻati 4 ming nusxada chop etildi.

2018-yilda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida  Terminologiya markazi tashkil etilishi, ushbu tilni oʻrganishga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

Ayni paytda Qoraqalpogʻistondan tashqari Navoiy viloyatining Konimex tumanida 3 ta maktabda darslar qoraqalpoq tilida olib boriladi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Navoiy davlat pedagogika insitutida qoraqalpoq tili va adabiyoti bakalavr yoʻnalishi hamda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida qoraqalpoq tili guruhi ochildi. Bundan tashqari, Turkiyaning Firat, Egey universitetlarida ham talabalarga qoraqalpoq tili oʻrgatiladi.

Tumanimizda ham qoraqalpoq tilini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari, avvalo bu tilni yaxshi tushunishlari, qolaversa, qoraqalpoq xalq ertaklari, kuy va qoʻshiqlarning oʻziga xosligi, jozibadorligi tufayli qoraqalpoq tilini tez va puxta oʻzlashtirib olishadi. Yuqori sinflarning oʻquvchilari hatto qoraqalpoq shoirlari va yozuvchilarining asarlarini asliyatda oʻqib, bemalol oʻzbek tiliga oʻgira olishadi. Ular nafaqat bu tilni maroq bilan oʻrganishadi, balki qoraqalpoq va oʻzbek xalqlarining bir-biriga monand urf-odat, anʼana va qadriyatlari asosida bayram tadbirlari, millatlararo totuvlikni, hamjihatlikni tarannum etuvchi doʻstlik kechalarini tashkil etishadi.

Ayni kunlarda 1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga 30-yil toʻlishi munosabati bilan tumanimizdagi oʻquv muassasalarida, ovul va mahallalarda ilmiy-maʼrifiy, madaniy, koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Boʻlib oʻtayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda qoraqalpoq xalqining betakror folklori, urf-odat va anʼanalari, jozibador kuy-qoʻshiqlari, koʻngillarda zavq-shavq uygʻotuvchi ajoyib raqslari namoyish etilmoqda. Bu – mushtarak maqsadlar yoʻlida yashab, mehnat qilayotgan tili, dini, eʼtiqodi va tarixi, hatto koʻngli ham bir oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining oʻzaro  mehr-oqibat, birodarlik, doʻstlik va jipslik, qondosh-qarindoshlik tuygʻularining mustahkamligi tantanasidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026