Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari oʻrinbosari Azimjon Yusupov oʻzi tahsil olgan 12-sonli maktabga kitob sovgʻa qildi
Kitob – tuganmas xazina. Undan olgan bilimlarni umrimizning oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Insonning undan yaqin hamrohi, doʻsti, maslahatchisi yoʻq. Negaki, u aqlni peshlovchi qayroqdir. Kitob tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb eʼzozlab, qadriga yetadi, sevib mutolaa qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimzda yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yaqinda tumanimizdagi 12-sonli umumtaʼlim maktabiga tuman xalq taʼlimi boʻlmi mudiri O.Yoʻldoshev va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari oʻrinbosari A.Yusupovlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Prezidentmiz tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” loyihasi maktabda yuqori darajada tashkil etilgani, oʻquvchi-yoshlarning turli koʻrik-tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallaganligini va maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlari mazmunli tashkil etilganligini koʻrib, buni alohida eʼtirof etishdi.
12-sonli maktabning faxriy ustozlaridan biri Shavkat Charshamov tashabbusi bilan tashkil qilingan milliy anʼanalarimiz va maktab tarixiga oid maktab muzeyi mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida maktabda kitoblar yaramarkasi tashlkil etildi. Bu oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun juda quvonchli boʻldi. Oʻquvchilar ota-onalari bilan birgalikda qiziqarli kitoblar, badiiy adabiyotlar, fanga oid kitoblar xarid qilishdi. Azimjon Yusupov oʻz hisobidan maktab kutubxonasiga 100 ta nomdagi turli adabiy-badiiy kitoblar sovgʻa qildi.
Tashrif davomida pedogogik jamoaning ish faoliyati, 5 ta tashabbus loyihasi borasida qilingan ishlar, maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari yutuqlari bilan tanishildi. Oʻqituvchi-murabbiylar bilan suhbatlashib, ularga zarur metodik tavsiyalar berildi. Suhbat mobaynida Azimjon Yusupov oʻzi tahsil olgan maktab jamoasiga mashaqqatli va sharafli kasblarida kuch-gʻayrat yor boʻlishini tilab, ustoz-murabbiylariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Iroda Edosheva, jamoatchi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶