16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:43
Jamiyat 👁 778

“BUVIJONIM KIYGAN LIBOSLAR” TADBIRI HAYoTIYLIGI BILAN MUHIM AHAMIYaTGA EGA

“BUVIJONIM KIYGAN LIBOSLAR” TADBIRI HAYoTIYLIGI BILAN MUHIM AHAMIYaTGA EGA

Biz yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish haqida juda koʻp gapiramiz. Turli mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda, davra suhbatlarida, seminar-treninglarda bu haqda bahs-munozaralar qilamiz. Bu kabi saʼy-harakatlarimiz maʼlum maʼnoda oʻz samarasini  beradi, yaʼni yoshlarimizning kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, milliy urf-odatlarimiz haqidagi tushunchalari boyiydi. Lekin yoshlarimizni maʼnan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda oila – maktab – mahalla hamkorligi oʻta muhim ahamiyatga ega. Chunki oʻquvchining oila muhitida olgan tarbiyasi maktab taʼlimi bilan omuxtalashib, mahallada, jamoat orasida oʻzini tutishi, xalqimizning milliy-maʼnaviy urf-odatlariga munosabatida oʻz aksini topadi. Albatta, bunda maktabda oʻquvchi-yoshlar ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning hayotiy lavhalar asosida oʻtkazilishi katta oʻrin tutadi.

Bizning 60-sonli umumtaʼlim maktabimizda oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish, oʻtkazish borasida oʻquvchi-yoshlar juda faol. Ular tadbirlar mavzulariga monand sahna koʻrinishlari, koʻrgazmali lavhalar tayyorlashda koʻpni koʻrgan nuroniylar, tajribali ustozlari bilan bamasalahat ish tutishadi.

Yaqinda maktabimizda oʻtkazilgan “Buvijonim kiygan liboslar” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirida men milliy matolarimizning inson salomatligiga ijobiy taʼsiri, milliy va oila qadriyatlarini asrab-avaylash borasida oʻquvchi-yoshlarga tushunchalar berarkanman, ularning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdim. Oʻquvchi-yoshlar oʻzbekona urf-odat va anʼanalarimiz, milliy matolarimizdan tikilgan goʻzal va koʻrkam liboslar, oila qadriyatlari, kiyinish madaniyati haqida toʻlqinlanib gapirishdi. Hatto moda ketidan quvib, bachkana kiyimlarni kiyib yuradigan ayrim tengdoshlarining xatti-harakatlari haqida salbiy fikrlar bildirishdi.

Tadbirda maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi S.Tajiboyeva tomonidan oʻquvchilarimizga “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi slayd taqdimoti namoyish etildi. Namoyish etilgan milliy liboslar, ayniqsa, buvijonlarimiz va onaxonlarimiz kiygan liboslar dizayni, ular tanlagan matolarning tabiiyligi, ayniqsa, tor va ochiq-sochiq emasligi oʻquvchi-qizlarda havas uygʻotdi.

Shundan soʻng oʻquvchi-yoshlar oʻzlari tayyorlagan liboslar koʻrgazmasini namoyish etdilar. “Buvijonlar kiygan liboslar”, “Onajonlar kiygan liboslar”, “Zamonaviy qizlar qanday kiyinishi kerak?”, “Uyda kiyiladigan, mehmonda, toʻy-marosimlarda, bayramlarda kiyiladigan liboslar”, shuningdek “Maktab oʻquvchisi qanday kiyinishi kerak?” mavzularidagi koʻrgazmalar boʻyicha muzokaralar boʻldi.

Oʻquvchilarimizning muzokaralardagi faolligi, bildirgan dadil fikrlari umumlashtirildi, yaʼni ularning milliy liboslarimizga, urf-odat va anʼanalarimizga, oila qadriyatlariga sadoqati va mehr-muhabbatidan biz ustozlar mamnun boʻldik.

- Oilalarda maʼnaviy-axloqiy tarbiyani yuksaltirishda oqila qizlarimizning oʻrni katta, - dedi tadbirda ishtirok etgan Bobur OFY xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi S.Rajabova. – Bugungi tadbirda oʻquvchi-qizlar namoyish etgan milliy liboslar, yuksak did bilan tayyorlangan koʻrgazmalar buning yaqqol isbotidir.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, milliyligimizni aks ettiruvchi bu kabi tadbirlar yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda oʻzining hayotiyligi va taʼsirchanligi bilan katta ahamiyat kasb etadi.

B.XUDOYBERGANOVA,
60-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026