MAKTABDA RUS TILI KEChASI OʻTKAZILDI
oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarning har bir fanni chuqur oʻzlashtirishlariga xizmat qiluvchi fan oyliklarining ahamiyati juda katta. Oylik davomida oʻquvchilar uchun odatdagi dars mashgʻulotlaridan farqli ochiq darslar, qiziqarli viktorinalar, maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirilib, aynan mazkur fanni kengroq oʻrgatishga harakat olib boriladi. Buningdek choralar oʻquvchini yana ham faollikka undaydi, oʻz ustida izlanishini, ishlashini taʼminlaydi va bilimlari kengayishiga zamin yaratadi.

Noyabr oyi – rus tili fan oyligi boʻlganligi bois, yaqinda men ham oʻzim taʼlim berayotgan sinflarim oʻquvchilari ishtirokida rus tili kechasi oʻtkazdim. Tadbirda dastlab, rus tilini chuqur bilish ahamiyati haqida maʼruza qildim va oʻquvchilarimning bunga munosabatini soʻradim. Meni quvontirgani ularning rus tilini oʻrganishga chanqoqligi va mashhur rus shoirlari sheʼrlarini ifodali oʻqishgani boʻldi. 3a sinf oʻquvchilari sahnalashtirgan “Boʻgʻirsoq”, 5 b sinf oʻquvchilari sahnalashtirgan “Tulki va turna” ertaklarining rus tilidagi talqinini barcha yigʻilganlar qiziqib tomosha qildilar .

Tadbir soʻngida fan oyligi doirasidagi tadbirlarni oʻtkazishda yaxshi qatnashgan oʻquvchilarni ragʻbatlantirganimiz boshqa oʻquvchilarni ham faollikka undagani shubhasiz. Maktabimizda fan oyligi doirasida qiladigan ishlarimiz hali koʻp. Amalga oshirilayotgan ishlar oʻquvchilarga rus tilini chuqur oʻrgatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Barno AZADOVA, 64-sonli maktab
rus tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶